dayjest

Kolonka: O‘zbekistondagi suv ta’minoti loyihalariga mahalliy aholining jamoatchilik nazorati zarur

Suv tarmoqlari o‘tkazilayotgan mahallalar aholisini ish sifatini nazorat qilishga jalb etish pudratchilar mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga chek qo‘yish, hokimiyat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashning eng yaxshi yo‘li, deyiladi Natijalarga erishish ofisining “Gazeta.uz"ga taqdim etgan yangi kolonkasida.


dayjest

Abror Muxtor Aliy 15 sutkaga qamaldi

Abror Muxtor Aliy taxallusi bilan tanilgan bloger Abror Abduazimov 15 sutkaga qamaldi. U ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblandi.


dayjest

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Qalin qor yoqqani sababli 8-fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Hudud maxsus texnikalar yordamida qordan tozalanmoqda (video).


dayjest

Davlat telekanali xodimi ish joyida hamkasbiga shilqimlik qilgani uchun 3 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatidagi davlat telekanallaridan birida o‘z xodimasini ish joyiga aldab chaqirib, unga tegajog‘lik qilgan bosh muharrir o‘rinbosari 3 sutkaga qamaldi.


dayjest

Futbol bo‘yicha Osiyo kubogi: Qatar va Iordaniya finalda

Qatar terma jamoasi Eronni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo kubogi finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi ular chempionlik uchun Iordaniya bilan bahslashadi. O‘yin 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


dayjest

Aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi

“Kulol va xurmacha”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon” va boshqa ko‘plab filmlarda rol ijro etgan aktyor va rejissyor Abror Tursunov vafot etdi.


dayjest

“Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor”. Shavkat Mirziyoyev — “Humo” xokkey klubining g‘alabasi haqida

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentning “Humo” klubi Ostonaning “Nomad"ini mag‘lub etgan o‘yinni Humo Arena`dan turib tomosha qildi. “Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor! U kelishi bilan: “O‘zbeklar, agar qozoqlarga yutqazsangiz…” degandi”, — deya g‘alabaga izoh berdi Mirziyoyev.


dayjest

Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar o‘tish yo‘laklari quriladi

Qashqadaryoning Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu obyektlar orqali bozorlar oldidagi YTHlar va tirbandlikning oldini olish maqsad qilinyapti. Viloyat hokimi qurilish ishlari 3−4 mlrd so‘m bilan bitib ketishini ta’kidladi.


dayjest

Minerva City majmuasini qurishga ajratilgan yer shahar hokimligi balansiga qaytarildi — Yangihayot hokimi

Yangihayot tumani hokimi Minerva city majmuasini qurayotgan hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib chiqilgani va 100 gektar maydon davlatga qaytarilganini ma’lum qildi. “Tadbirkorning o‘zi uyga to‘lov qilganlarga pullarini qaytarib berdi”, dedi u. Majmua o‘rnida yana uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda.


dayjest

“Qimor va bukmekerlikni qonuniylashtirish jamiyatning o‘zida bahsli masala” — ILMA

O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va bukmekerlikni qonuniylashtirish masalasi jamiyatning o‘zida munozarali, shu bois Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hozir bu boradagi pozitsiyasini ko‘rib chiqmoqda, dedi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.


dayjest

HAMAS G‘azoda 135 kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda — Reuters

HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Bu davr mobaynida guruh garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil askarlari esa G‘azoni tark etishi kerak bo‘ladi.


dayjest

Uchta viloyatdagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi

Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi. 2023-yilda Respublika tez tibbiy yordam markaziga 685 ta shunday avtomobil yetkazib berilgan, 2024-yil martiga qadar markaz avtoparki yana 170 ta mashina bilan to‘ldiriladi.


dayjest

“Bu ma’lumotlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. Navoiy IIB — “sharmanda doskasi” haqida

Navoiy viloyati IIB jinoyat sodir etganlarning suratlari tushirilgan “sharmanda doskasi” mahallalarda joriy etilishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi. Avvalroq ombudsman bu amaliyot inson huquqlariga zid ekanini bayon qilgandi. Bunday suratlarni joylashtirish 2021-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan.


dayjest

“Ko‘ksaroy"da Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Foto

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.


dayjest

2023-yilda Uzcard va Humo`da amalga oshirilgan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari hajmi 1,5 baravar ko‘paydi

2023-yilda Uzcard va Humo tizimlarida amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari hajmi 224,3 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 80,8 trln so‘mga yoki 56 foizga ko‘proq bo‘ldi. QR-kodlardan foydalanib amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 2,5 barobarga oshdi.


dayjest

OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqish 15 kundan 10 kunga qisqardi

O‘zbekistonda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi. Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar to‘langani haqidagi hujjatlar nusxalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.


dayjest

Toshkent transport boshqarmasi va “Toshshahartransxizmat” rahbari Anvar Jo‘rayev qamoqqa olindi

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i, “Toshshahartransxizmat” raisi Anvar Jo‘rayev mansab soxtakorligi va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarida gumonlanib qamoqqa olindi.


dayjest

O‘zbekistondagi uchta OTM bitta universitetga birlashtiriladi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta universitetga birlashtiriladi. Unga To‘lqin Teshabayev rahbarlik qiladi.


dayjest

Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib qayta saylandi

Ozarbayjonning amaldagi rahbari Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 92,05 foiz ovoz oldi. Bu uning beshinchi prezidentlik muddati bo‘ladi, u 20 yildan buyon mamlakatni boshqarmoqda.


dayjest

Boris Nadejdinga Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmadi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi urushga qarshi yagona nomzod Boris Nadejdinning Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. MSK qayd etishicha, uni qo‘llab-quvvatlagan uchun yig‘ilgan imzolarning bir qismi yaroqsiz deb topilgan. Siyosatchi bu bo‘yicha Rossiya Oliy sudiga murojaat qilmoqchi.


dayjest

O‘zbekistonda 2023-yilda shahvoniy shilqimlik aybi bilan 666 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan

O‘zbekiston 2023-yilning 11-aprelidan boshlab shahvoniy shilqimlik qilish moddasi bilan 666 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.


dayjest

O‘zbekiston va Belarus energetika sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi

O‘zbekiston va Belarus hukumatlari ilm-fan va ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, agrosanoat, turizm va boshqa sohalarni o‘z ichiga olgan jami 14 ta hujjatni imzoladi. Davlatlar rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi.


dayjest

O‘zbekiston va Belarus o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirmoqchi

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollardan oshirish, Janubiy Osiyoga eltuvchi savdo koridorlaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.


dayjest

“Bizga BelAZ kerak. Bu yerga mahalliylashtirish, qo‘shma korxona kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda misni boyitish fabrikalari qurish uchun BelAZ bilan hamkorlikda kon samosvallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish zarurligini aytdi.