Prezidentning 8-fevraldagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta oliy ta’lim muassasasiga birlashtirilmoqda.

Iqtisod fanlari doktori, professor, Toshkent moliya instituti rektori To‘lqin Zakirovich Teshabayev birlashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.

To‘lqin Teshabayev.To‘lqin Teshabayev.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarini o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shuningdek, bakalavriat yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.

“Gazeta.uz” avvalroq rasmiylar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutini Sergeli tumaniga ko‘chirish va birlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.