O‘zbekiston va Belarus prezidentlarining muzokaralari yakunida Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko qo‘shma bayonot qabul qildi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezidentlar huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan:

  • 2024−2025-yillarda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
  • Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim;
  • Raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
  • Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Intellektual mulk sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Sport sohasida hamkorlik dasturi;
  • Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik dasturi;
  • Maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;
  • Ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita"si;
  • Agrosanoat majmuida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita"si;
  • O‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;
  • Turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda ikki davlat hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.

Foto

agrosanoat, belarus, energetika, turizmagrosanoat, belarus, energetika, turizmagrosanoat, belarus, energetika, turizmagrosanoat, belarus, energetika, turizmagrosanoat, belarus, energetika, turizmagrosanoat, belarus, energetika, turizm