Bosh prokuraturadan Samarqandda to‘rt kishi bir qizni zo‘rlagan voqeani nazoratga olish so‘ralmoqda

Nemolchi.uz loyihasi Samarqandning Kattaqo‘rg‘on tumanida bir qiz 4 nafar qo‘shnisi tomonidan zo‘rlanganini ma’lum qildi. Qizning qarindoshlari aytishicha, ekspertiza tuman IIB xodimining harakatsizligi sababli voqeadan 3 kun o‘tib o‘tkazilgan, jinoyat ishi esa faqat bitta gumonlanuvchiga nisbatan qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda energiya bozori regulyatori tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini yaratish, elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlash tariflari va to‘lov hajmlarini tasdiqlash kabilar regulyatorning vazifalari hisoblanadi.

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 2024-yil oxirigacha joriy etiladi

O‘zbekiston prezidenti 2024-yil oxirigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalarida aholiga yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.

sentabrda 111,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda sentabr oyi davomida 111 mlrd 428 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bunday holatlarning eng ko‘pi Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish nega ortga surilganini tushuntirdi

Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitini rejalashtirilganidek 1-oktabrdan emas, oktabr oxirida boshlashni rejalashtirmoqda. Qozog‘iston energetika vazirining ma’lum qilishicha, gaz quvurida ta’mirlash ishlari davom etmoqda, yetkaziladigan gaz hajmi ham kelishib olinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 5−7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Shuningdek, u Tataristonga ham tashrif buyuradi.

Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi

4-oktabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladigan mayning faoliyatiga ruxsat beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.

“Faqat ish haqi 100 foizga oshmaydi, xolos”. Faollar — poyezd chiptalari narxi oshishi haqida

O‘zbekistonda 20-oktabrdan mahalliy poyezd chiptalari narxlarining tarif qismi 50 foizga, “Afrosiyob” chiptasi narxi 100 foizga oshadi. Tarmoqlar foydalanuvchilari esa “bir faqat oylik 100 foizga oshmasligini” kinoya qilib, narsh oshsa ham “chipta bemalolroq bo‘lib qolsa go‘rga edi”, demoqda.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

6−7-oktabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Uzbekistan Airways senatorning aviakassalardagi byurokratiya haqidagi tanqidiga javob qaytardi

O‘tgan hafta Senatda Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda pasportning asl nusxasi talab qilinishini tanqid qilindi. Kompaniyaning qayd etishicha, bunday talab yo‘q, biroq xorijga chiptalar sotilayotganda yo‘lovchi va aviakompaniyaga jarima sanksiyalari qo‘llanmasligi uchun vizali pasport so‘raladi.

Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Jabborov vafot etdi

Namangan viloyatini 1996−2004-yillarda boshqargan hokim To‘lqin Jabborov 73 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga og‘ir xastalik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Fizikaviy elektronika sohasidagi yirik olim Nazar To‘rayev vafot etdi

Fizikaviy elektronika sohasidagi taniqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Nazar To‘rayev 85 yoshida vafot etdi. Uning yaqinlariga O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiy shaxslar hamdardlik bildirdi.

Toshkentda Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

Yil oxirida Toshkent shahrida Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilmoqda.