Mirzo Ulug‘bek tumanida bahor-yoz rejali profilaktika ishlari amalga oshirilishi sababli poytaxtning qator manzillarda ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” kompaniyasi.

Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi, deya ishontirmoqda kompaniya. Ichimlik suvi 20-may soat 09:00 dan 21-may soat 21:00 gacha quyidagi manzillarda vaqtinlalik to‘xtatiladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

“Chingeldi”, “Iqtidor”, “Ijodkor”, “Alisherobod”, “Geologlar”, “Temuriylar”, “Sarbon”, “Gulzorobod”, “Ko‘hna Mevazor” mahallalarida, Fuqaro muhofazasi instituti, Toshkent viloyat Sud-tibbiyot ekspertiza markazida, Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligida.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

“Amir Temur”, “Tuzel”, “Vatandosh”, “Tong”, “Al-Buhoriy”, “Yashnobod”, “Navro‘zobod”, “Dilbog‘”, “Parvoz”, “Birlashgan”, “Go‘zal”, “Alimkent”, “Donishmand”, “Shohimardon”, “Xosiyatli”, “Shohsanam”, “Oydinko‘l”, “Yangidavr”, “Katta Yangiobod”, “Yanginur”, “Maxmur” “Jarqo‘rg‘on”, “Asalobod”, “Beshbola”, “Barkamol”, “Beshariq”, “Fazogir”, “Muxtor Ashrafiy”, “Ahmad Yassaviy”, “Tarnovboshi”, “Yangi qo‘rg‘on”, “Nodira”, “Ko‘ksaroy”, “Do‘stobod”, “Iltifot”, “Chinor”, “Cho‘lpon”, “Shirinobod” mahallalarida, 7-sonli issiqlik qozonxonasi hamda 21-sonli Yong‘in xavfsizlik bo‘limida.

Sergeli tumani bo‘yicha:

“Uchuvchilar”, “Qumariq”, “Choshtepa”, “Junariq”, “Aviashaharcha”, “Nog‘oyqo‘rg‘on” mahallalarida, Toshkent xalqaro aeroporti, 4-sonli avtokorxona, Maxsustrans korxonasi, Saadiy ko‘chasidagi non ishlab chiqarish sexi, 2-sonli shifoxona, Transport Prokuraturasida hamda Davlat xavfsizligi xizmati omborxonasida.

Mirobod tumani bo‘yicha:

“Qorasuv”, “Fitrat”, “Yangizamon”, “Sarako‘l”, “Tong Yulduzi”, “Inoqobod”, “Temiryo‘lchilar”, “Navro‘z”, “Oltinko‘l”, “Banokatiy”, “Zaminobod”, “Istiqlolobod”, “Birodarlik”, “Furqat” mahallalarida, 4- va 5-sonli shahar tug‘ruqxona majmualarida.

Yangihayot tumani bo‘yicha:

“Yangi Choshtepa”, “Choshtepa” mahallalarida.

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

Bobur ko‘chasi 46/1, 46/2, 46/3, 55, 57, 59, 61, 63, 65, 67/1, 67/2, 67/3, 67/4, 67/5, 67/6, 67/7, 67/8, 67/9, 67/10, 67/11, 67/12, 69/13, 67/14, 67/15, 67/16, 67/17, 69/1, 69/2, 69/3, 69/4, 69/5, 69/6, 69/7, 69/8, 69/9, 81/1, 81/4 ,72, 74, 74b-sonliko‘p qavatli uylarda, Nukus ko‘chasi 2, 4, 6, 9, 57, 59-sonli ko‘p qavatli uylarda, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 2 g-sonli ko‘p qavatli uyda, “Toshshahargazta’minot” korxonasi, Toshkent issiqlik elektr markazi hamda numan Ichki ishlar bo‘limida.

Avvalroq Toshkentning deyarli barcha tumanlarida 15-aprel-20-may kunlari rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chirilgandi.