Sanobarxon Nosirova Bo‘ston tumani hokimi v. b. etib tayinlandi

Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sanobarxon Nosirova tasdiqlandi. Bunga qadar u tumandagi “El rizqi non” MCHJ rahbari bo‘lgan.

Tokio-2020: Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston bayroqdori o‘zgardi

Tokiodagi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ochilish marosimida parakanoechi Shahnoza Mirzayeva va yengil atletikachi Muxammad Rexsimov O‘zbekiston bayroqdorlari bo‘ladi. Avvalroq, yengil atletikachi Nurxon Qurbonova bayroqdor bo‘lishi aytilgan edi.

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish va bandlikni ta’minlash uchun 200 mln dollar ajratiladi

Surxondaryo viloyatida kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 150 mln dollar mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinayotgan qarz mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 50 mln dollar hududda issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq giyohvand moddalar yo‘q qilindi (foto)

Toshkentda 1,3 tonnadan ortiq yoki o‘tgan yilga nisbatan qariyb uchdan bir qismga ko‘proq narkotiklar partiyasi yo‘q qilindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta, ya’ni avvalgi yilga nisbatan 20 foiz ko‘proq jinoyat fosh etilgani ma’lum qilindi.

Fuqarolarning iqtisodiy holati, ijtimoiy kayfiyati jarimalar miqdori oshishiga tayyor emas — XDP

Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonda 1 sentyabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshishiga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, oylik oshirilishi bilan bir vaqtda bazaviy hisoblash miqdori va to‘lanadigan jarimalar hajmi oshishi jamoatchilik orasida savollar tug‘diryapti. “BHMning oshishi tor doiradagi qatlamga manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo jarimalar oshishi barchaga birdek qiyinchilik tug‘dirishi mumkin”, — deyiladi partiya munosabatida.

Koronavirusning barcha shtamlarini zararsizlantiradigan antitanacha aniqlandi

AQSh olimlari koronavirusning ma’lum bo‘lgan barcha mutatsiyalarini zararsizlantira oladigan antitanachani aniqladilar. Ispan olimlari esa boshqa koronaviruslarga qarshi antitanacha COVID-19dan ham himoyalay olishini isbotlashdi.

Toshkent viloyati hokimi Senat a’zosi etib saylandi. Nega hokimlar senator etib saylanadi?

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Avvalroq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nima uchun hokimlar Senat a’zosi etib saylanishi mumkinligini tushuntirgan edi.

Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun ikkita maxsus poyezd qatnovi qo‘yilmoqda

O‘zbekistonliklarni Voljskiy va Tolyattidan (Rossiya) olib chiqish uchun 27 va 30 avgust kunlari ikkita maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yiladi.

Germaniyaning yangi elchisi o‘z faoliyatini boshladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Tilo Klinnerni qabul qildi. Germaniya tomoni O‘zbekistonga chet el fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Ekoqo‘mita raisi vazifasidan ozod etildi

“Sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar” uchun Ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Shahar va tuman markazlarida 16 mln dona ko‘chatlar ekiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, oktyabr-noyabr oylarida 55 mln dona, kelgusi yil bahor mavsumida 70 mln dona tut, pavlovniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez o‘suvchi va boshqa ko‘chatlar ekiladi. Shuningdek, yil yakuniga qadar shaharlar va tuman markazlarida 16 mln dona mevali, yong‘oq manzarali va daraxtlar buta ko‘chatlari ekish topshirig‘i berildi.

“Har bir shahar va tuman markazida kamida 2 tadan „yashil maydon“ va jamoat parklari tashkil etiladi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident topshirig‘i bilan har bir hududda “Yashil zamin” jamg‘armalari tashkil etiladi. Viloyat hokimlariga oktyabr-noyabr oylarida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kamida 5 mln tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish topshirig‘i berildi. Har bir shahar va tuman markazida kamida 2 tadan “yashil maydon” va jamoat parklari tashkil etilishi aytildi.

“„Gazon“ o‘rniga 12 oy ko‘m-ko‘k turadigan manzarali butalarni ekish mumkin-ku?” — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ko‘p suv talab qiladigan archa va “gazon"ning ko‘payib ketganini tanqid qildi. Davlat rahbari buning o‘rniga “12 oy ko‘m-ko‘k turadigan manzarali butalarni ekish mumkinligi” haqida ta’kidladi. Ikki hafta muddatda ilmiy asoslangan holda poytaxtning qaysi ko‘chasida qanday daraxt va ekinlarni joylashtirish bo‘yicha taqdimot qilish vazifasi belgilandi.

Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi. Ekologiya politsiyasi tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va javobgarlik keskin kuchaytiriladi. Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etilishi ma’lum qilindi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Oliy ta’lim vazirligining reyting tizimi nimani baholaydi — ilmiy-pedagogik ishlarnimi yoki bo‘shliqnimi?

Ilmiy-pedagogik ishlarni baholashning hozirgi tizimi “botqoqlik"ni rag‘batlantiradi va olimlar hamda o‘qituvchilarni yuqori ilmiy natijalarga erishishga ruhlantirmay, “boshi berk ko‘cha"ga kelib qolgan, deb hisoblaydi faylasuf va antropolog Valeriy Xan. O‘qituvchilar va universitetlarning amaldagi reytinglari nima uchun mamlakat rivojlanishiga to‘siq bo‘lishi mumkinligi haqida muallifning maqolasida o‘qing.

Vaksinalar inson DNKsiga ta’sir qiladimi?

Vaksinalar DNKga ta’sir qiladimi? Emlash inson genomiga ta’sir ko‘rsata oladimi? Koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta’siri qanday aniqlanadi? Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev shu va boshqa savollarga javob berdi.