Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish uchun «O‘zbekiston temir yo‘llari» Voljskiy va Tolyattidan Toshkentga ikkita maxsus poyezd reysini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

27 avgust kuni soat 20:57 da Voljskiy — Toshkent yo‘nalishida, 30 avgust kuni soat 12:35 da Tolyatti — Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlari yo‘lga chiqadi. Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy-Toshkent hamda Tolyatti-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi.

Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz veb-sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin, deyiladi xabarda.