Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Senatorni saylash uchun saylovlar 24 avgust kuni viloyat deputatlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qo‘shma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas, deb topildi, 9 ta blyutendan foydalanilmadi.

Foto:Toshkent viloyati hokimligi

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, 518 ta ovoz (520 ovozdan) Davron Hidoyatovning senatorlikka nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Nima uchun hokimlar senator etib saylanadi?

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 2021 yil 16 aprelda «Xoshimov iqtisodiyoti» loyihasiga bergan intervyusida nima uchun hokimlar senator etib saylanishini tushuntirgan edi. Unga ko‘ra, Oliy Majlis Senati (yuqori palata) — hududiy vakillik organi, bu yerda partiyaviy yondashuv va siyosiy qarashlar yo‘q. Bundan tashqari, Senat — bu senatorlar o‘z hududlarining manfaatlarini ifoda etadigan maydon.

«Agar har bir hududdan 6 ta deputat bo‘ladigan bo‘lsa, bittasi hokim saylanib kelyapti. Viloyat hokimi shu yerdagi eng katta davlat xizmatchisi bo‘lgandan keyin, uni ham mana shu Senatga saylanyapti», — dedi u, hokimlar o‘z hududi muammolarini yaxshiroq bilishi haqida ta’kidlab.

Adliya vazirligi rahbari Vazirlar Mahkamasi hozirgi parlament a’zolaridan iborat bo‘lgan Buyuk Britaniyani misol qilib keltirdi.

«Bizda Qonunchilik palatamizda umuman bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki deputat doimiy ravishda deputat faoliyatini amalga oshirishi kerak. Shuning uchun ham Senat hududiy vakillik bo‘lgani uchun, siyosiy partiyalar, fraksiyalar bo‘lmagani uchun, Konstitutsiya normasiga muvofiq hududiy ishtirok yo‘l qo‘yilgan», — deya ta’kidladi vazir.

Ruslanbek Davletov, shuningdek, Senat qonun chiqarishni boshlash huquqiga ega emasligini, ya’ni Senat qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi bilan chiqa olmasligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni faqat Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, prezident, bosh prokuror, Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud amalga oshirishi mumkin. Senatorlar ham qonun matni ustida ishlamaydi, faqat qonun loyihasini Qonunchilik palatasi kiritganidan keyin ma’qullaydi yoki rad etadi.

Hokimlar viloyat kengashlariga raislik qilinishiga kelsa, Adliya vazirligi bu tartibni bekor qilishni taklif qildi. Vazirning o‘zi ham hokimlarga kengashni nazorat qilish va deputatlarga bosim o‘tkazish imkonini beradigan amaldagi tartibni bekor qilish tarafdori.

Davron Xidoyatov haqida

Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998) va O‘zbekiston bank -moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. U (1996−2004) Markaziy bank tizimida ishlagan, (2004−2005) Moskva shahridagi «Aziya-invest-bank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi, (2009−2012) -GM Uzbekistan yopiq aksiyadorlik jamiyati moliya masalalari bo‘yicha boshqaruvchi direktori, (2011−2012) SP MAN Auto-Uzbekistan MCHJ qo‘shma korxonasi bosh direktori, (2014−2017) Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

Shuningdek, u Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi (2017−2018), Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (2018−2021) lavozimlarida ishlagan. Yanvar oyining oxiridan boshlab u Toshkent viloyati hokimi bo‘lib ishlagan va 19 martda viloyat hokimi etib to‘liq tasdiqlangan.