Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sanobarxon Nosirova tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot хизматихабар bermoqda.

Sanobarxon Nosirova 1970 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005 yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1992 yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Savoy qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilikdan boshlagan.

Turli yillarda «G‘allabank»ning Qo‘rg‘ontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida va Qo‘rg‘ontepa tumani «Buyuk turon invest» kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2016 yildan tayinlovga qadar Qo‘rg‘ontepa tumani «El rizqi non» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lgan.

Bo‘ston tumanining avvalgi hokimi Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova 56 yoshida vafot etgan edi.