24 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniyaning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Tilo Klinnerni qabul qildi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vazirligi rahbari elchidan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya munosabatlari, har ikki tomonning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilm-fan va ta’lim sohalardagi konstruktiv aloqalarni kengaytirishdan birday manfaatdorligi e’tirof etildi.

Tomonlar turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvalini ham muhokama qildi.

Germaniya tomoni O‘zbekistonga Afg‘onistondan chet el fuqarolari va diplomatlarni evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.