Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlandi

Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida 25 nafar tarbiyalanuvchilar zaharlandi. Ulardan 6 nafari og‘ir holatda jonlantirish bo‘limida, 1 nafar tarbiyalanuvchi o‘pkaning sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan va 19 nafar tarbiyalanuvchilarning holati o‘rtacha og‘ir deb baholangan. Bolalar klinik ko‘rinishlariga ko‘ra botulizm tashxisiga gumon qilinmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Jinoyat kodeksiga „Kelajakka xiyonat“ bobini qo‘shish kerak” — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining zaharlanishi holati yuzasidan munosabat bildirdi. Deputat Jinoyat kodeksiga bolalar bog‘chasi, maktab va oliygohlarda “vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarning xaqqi va vaqtini o‘g‘rilayotganlarga” nisbatan choralar belgilanishini taklif qildi.

Bo‘stonliqda 16 gektar yerni 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida hokim qarori bilan bog‘ yaratish uchun ijaraga berilgan 16 gektar yer maydonini 5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fransiya O‘zbekistonga 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasini yubormoqda

14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan O‘zbekistonga 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5 sentyabr kuni Shvetsiya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Prezident “Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi

11 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan “Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi qonun rasmiy statistik raqamlarni tayyorlash uslublari hamda barcha uchun ochiq statistik ma’lumotlar to‘g‘risidagi qoidalarni belgilab beradi.

Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini tashkil etiladi

Prezident topshirig‘i bilan boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida oltin medal sohibi bo‘lgan Bahodir Jalolovning sport mahorat maktabi tashkil qilinadi.

Olimpiada sovrindorlari murabbiylari va musobaqa ishtirokchilariga ham pul mukofoti beriladi

Prezident topshirig‘i bilan Olimpiya chempionlarining murabbiylari — 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSh dollaridan mukofotlanadi. Shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Oksana Chusovitinaga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Chusovitinaning sport mahorati maktabini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Prezident xorijdan legioner sportchi olib kelish amaliyotidan voz kechish kerakligini ta’kidladi

Prezident legioner sportchilarni olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganligini ta’kidladi. “Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak”, — dedi u.

“Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikni shu bugundan boshlashimiz kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev navbatdagi olimpiadada jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. “Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb o‘ylasa, adashadi”, — dedi prezident.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Google, Alibaba, Quadriga — mashhur boylar nima uchun g‘oyib bo‘ladi?

Yirik kompaniyalar, korporatsiyalar asoschilari va umuman katta miqdordagi pullarga egalik qiladigan shaxslar odamlarning e’tiborida bo‘lishi tabiiy hol. Shuningdek, dunyo millioner va milliarderlari orasida omma e’tiboridan chetga chiqish va butunlay yo‘qolish holatlari ham ko‘p uchrab turadi. Google, Alibaba, Africrypt va Quadriga asoschilarining g‘oyib bo‘lishi va buning taxminiy sabablari haqida.