Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti va Olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.

Prezident surxondaryolik Bahodir Jalolovning g‘alabasiga ham to‘xtaldi.

«Ismi jismiga mos bu azamat yigit va uning mehribon onasi Sabohat Jalolovani barchamiz qizg‘in qutlaymiz. Men ular bilan avval ham uchrashib, samimiy suhbatlashganimni hamisha yaxshi taassurotlar bilan eslayman.Yengilmas bokschimiz o‘tgan vaqt davomida o‘z ustida tinimsiz ishlab, yoshlarga namuna bo‘ldi. Bahodir aziz onasiga, xalqimizga bergan va’dasining ustidan chiqib, Vatanimizga uchinchi oltin medalni tuhfa qildi», — dedi u.

U o‘zbek boks maktabining shon-shuhratini yanada yuksak bosqichga olib chiqqani aytildi.

«Man o‘ylaymanki, qishloqdoshlaring, do‘stlaring, ukalaring uchun katta maktab yaratish vaqti-soati keldi. Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini tashkil etamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Vazirlar Mahkamasiga Oksana Chusovitina va Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil qilish va ularning faoliyati uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.