SSV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 14 avgust kuni AstraZeneca vaksinasining yana bir partiyasi olib kelinadi.

COVAX dasturi doirasida Fransiya 276 480 doza AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga taqdim qilmoqda.

Shu bilan O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetadi.

Ulardan:

  • 370 000 dozasi «Sputnik V»,
  • 986 480 dozasi AstraZeneca,
  • 10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Oldinroq, O‘zbekiston Germaniyadan koronavirusga qarshi 350 ming doza vaksina olishi, preparatlar COVAX dasturi doirasida yetkazib berilishi haqida xabar berilgan edi. Iyul oyida Ozarbayjon ham 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini O‘zbekistonga ushbu dastur doirasida iyuborgan edi.

12 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 11 mln 651 ming 161 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanildi. Shu kungacha mamlakatda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar 1 380 457 nafarni tashkil qilmoqda.