Ayni vaqtda prezident va Olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz” muxbiri.

Unda Shavkat Mirziyoyev Olimpiya terma jamoa a’zolarini rag‘batlantirish to‘g‘risida ham aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Olimpiya chempionlarining murabbiylari — 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylarini 20 ming AQSh dollaridan mukofotlanadi.

Shuningdek, Olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Avvalroq, Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilar — Bahodir Jalolov (boks), Ulug‘bek Rashitov (taekvondo) va Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika)ga 4 sotixli 3 xonali kottedj va Tahoe mashinasi topshirilgan edi. Shuningdek, prezident farmoni bilan ularning har biriga 200 ming AQSh dollari mukofot puli berilgan.

Shuningdek, bronza medali sohiblari — Davlat Bobonov (dzyudo) va Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash)ga 2 xonali uy va Trailblazer avtomobillari berilgan. Ushbu sportchilarga prezident farmoni bilan 50 ming AQSh dollaridan pul mukofoti topshirilgan.