So‘nggi besh kun ichida Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq ob-havo tufayli 500 ga yaqin odam vafot etdi, deya xabar bermoqda RBK CBC kanali ma’lumotlariga tayanib.

«Britaniya Kolumbiya koroner xizmatiga kamida 486 to‘satdan o‘lim haqida xabar kelib tushgan», — dedi provinsiya koroneri Lizu Lapoynt. Uning fikricha, aksariyat hollarda odamlar anomal issiq ob-havo tufayli vafot etgan.

Lappoint, shuningdek, avvalroq xuddi shunday davr mobaynida provinsiyada 165 ta to‘satdan o‘limni qayd etganini ta’kidladi.

CBC telekanalining xabar berishicha, Bernabi shahri ofitserlariga dushanbadan beri 25 ta o‘lim holati haqida qo‘ng‘iroq qilingan. Rasmiy o‘lim sababi hali aniqlanmagan, ammo politsiya ularning aksariyati ob-havo bilan bog‘liq deb hisoblamoqda. Qo‘shni Surrey grafligida politsiya dushanba kuni 20 ta va seshanba kuni ertalabgacha 18 ta o‘lim haqidagi xabarni olgan.

Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari odatda kuniga beshta ushbu xarakterdagi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishlarini ta’kidladilar. Abbotsford va Viktoriya politsiyasi ularga ham odatdagidan ko‘proq qo‘ng‘iroqlar bo‘lganini, ammo aniq raqamlarni keltira olmaganligini ma’lum qildi.

28 iyun kuni Kanadada havo harorati rekord darajada ko‘tarilgan. Litton qishlog‘ida havo Selsiy bo‘yicha 47,9 darajagacha isigan.