Gruziya hukumati o‘tgan yilning noyabridan beri koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda amalda bo‘lgan komendantlik soatini bekor qilishga va ko‘chada tibbiy niqob taqish rejimini bekor qilishga qaror qildi, deya mamlakat bosh vaziri Irakli Garibashvilining so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

«Endi tibbiy niqoblarni ochiq havoda taqish majburiy bo‘lmaydi — faqat transport va yopiq joylarda niqobda bo‘lish zarur. Shuningdek, 1 iyuldan boshlab tungi harakatni cheklash bekor qilinadi», — dedi Gruziya bosh vaziri.

Ayni paytda Gruziyada ro‘yxatga olingan COVID-19 kasallari soni 359 ming kishini tashkil qilmoqda, kunlik o‘sish 260 nafar bemorni tashkil etadi. Emlanganlar soni (aholi soni 3 mln 982 ming kishi) — 229 ming 906 kishi, ulardan butunlay emlanganlar 79 ming 222 nafar fuqarolarni tashkil qiladi.

Koronavirus pandemiyasi sababli Turkiyada joriy qilingan komendantlik soati ham 1 iyuldan boshlab butunlay bekor qilinadi, dedi respublika prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.

«Bugun Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida biz qaror qabul qildik: 1 iyuldan komendantlik soati butunlay bekor qilinadi. Davlat muassasalari odatiy ish vaqtiga qaytadi. Jamoat transportidan foydalanishda yosh bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi», — dedi Erdo‘g‘an.

1 iyundan boshlab Turkiya hukumati koronavirusga qarshi choralarni yumshatdi — komendantlik soati qisqartirildi (22.00−05.00) va faqat yakshanba kuni 24 soatlik karantin joriy etildi. Kafe va restoranlar xaridorlarni qabul qila boshladi, sport zallari qayta ochildi, to‘ylarga ruxsat berildi.

Hozirda Turkiyada umumiy kasallanishlar soni 5,38 mln kishi, kunlik o‘sish o‘rtacha 5500 kishini tashkil etmoqda.