2022 yilning 24 fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyo tartibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. «Maxsus harbiy operatsiya», «natsizmga qarshi kurash» kabi shiorlar vaqt o‘tib tinch aholini qirish-o‘ldirish bilan davom etdi. O‘n oydan oshgan urush sabab, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu kungacha 7 mingga yaqin tinch aholi, shundan 429 bola o‘ldirildi, o‘n mingdan ortiq ukrainalik esa yaralandi.

Xorijiy nashrlarda urush oqibatlari, hozirgi vaziyat va kelgusidagi manzara haqida mutaxassis-ekspertlar fikri oxirgi oylarda muntazam berilmoqda. Mojaro qachon barham topishi haqida har kim turli fikrda. «Gazeta.uz» britaniyalik jurnalist va diplomat muharrir Patrik Uinterning The Guardian nashrida e’lon qilingan xulosalarini o‘zbek tiliga o‘girdi.

Ukrainalik yozuvchi Oksana Zabujko Otto fon Bismarkning quyidagi so‘zlarini bekorga eslamaydi: «Urushda g‘alabani generallar emas, muallimlar, cherkov ruhoniylari qozonadi». Bu jamiyatga singgan xotira, tarixni baham ko‘rish hissi bo‘lib, ommaviy safarbarlikning hal etuvchi vositasi hamda jang maydonida qurol kabi o‘ta muhim masaladir.

Qator nizolar bosh «masxarabozlar»ning milliy o‘tmish, vatanparvarlik tuyg‘usi kabi ohanjamalariga solinib, allaqanday shakl-shamoyilga o‘raldiki, natijasi fevralda boshlangan Ukrainadagi urush bo‘ldi. Nafaqat Rossiya va Ukraina, yana Germaniya, Fransiya, Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Buyuk Britaniya, AQSh va hatto global miqyosdagi janubning biri ikkinchisiga zid o‘tmish kechmishlari, manfaatlari urushni biryoqlik qilishni qiyinlashtiradi. Ba’zan bo‘layotgan jang tarix yakunidan ko‘ra tarix qasosidek tasavvur uyg‘otadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 2022 yil 7 martda e’lon qilgan tarqatma materiallardan olingan ushbu videotasvirda Rossiya tank bo‘linmasi Kiyev viloyati tomon harakatlanmoqda. Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi / AFP / Getty ImagesRossiya Mudofaa vazirligi 2022 yil 7 martda e’lon qilgan tarqatma materiallardan olingan ushbu videotasvirda Rossiya tank bo‘linmasi Kiyev viloyati tomon harakatlanmoqda. Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi / AFP / Getty Images

Ukrainalik tarixchi Georgiy Kasainov tarixni yangi dunyo tartibotlarini yaratishi mumkin bo‘lgan mojaro qafasiga qo‘yadi. «Rossiya kuchlari tarixiy uydirmalar orqali o‘zlarini rag‘batlantirib, yo‘lni Ukrainaga solishdi», deb yozadi u Foreign Affairs nashrida. «Biroq o‘tmish Ukrainaning bardoshi, chidamliligini oshiradi. Ukrainaliklar ularni jangga olg‘a boshlaydigan tarix voqealarini ipidan ignasigacha juda yaxshi biladilar. Ochig‘i, bu urush bir-biriga zid ikki tarixning to‘qnashuvidir».

Putin ko‘pincha bosh qo‘mondon sifatida emas, Rossiya tarixidagi muhim shaxs, to‘g‘rirog‘i, tarixnavisdek tasvirlanadi. Ushbu urushga tagzamin Rossiya prezidentining 2021 yil iyulida chop etilgan «Rus va ukrainlarning tarixiy birligi to‘g‘risida»gi psevdotarixiy essesi asosida qo‘yilgandi. Ushbu hujjatda Putin Ukrainani Rossiyaning ajralmas bo‘lagi deya da’vo qilib, X asrda hukm surgan Oleg podshohning «Kiyev jamiki rus shaharlarining onasi bo‘lsin!» degan hukmiga yopishib oladi.

Polshaning sobiq tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorzki Ukrainaga hujumni o‘sha esseni o‘qigan onidanoq sezgani va buni Putin har bir rus askariga yuborishni buyurganini payqaganini aytadi. Rossiya o‘tmishda Ukrainaga qanday jafo-sitam yetkazgan bo‘lsa, yangi reja ham xuddi shunday edi: elita qatlamni yo‘qotish, millatni ruslashtirish va mavjud resurslarni o‘z imperiyasi ehtiyojlariga sarflash. Ukrainaga ertaklardagidek dehqon bo‘lib yashashga ruxsat berilishi mumkin, biroq o‘z taqdiri, ittifoqchilarini tanlashda erkin va demokratik millat bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.

Putin Ukrainani qurolsizlantirish va rus tilini ikkinchi til qilish zarurligi xususida so‘zlaganda bu mamlakatning Rossiyaning bir qismi sifatida qo‘shib olish emas, yana Rus imperiyasini to‘la-to‘kis qayta tashkil etish degani edi.

Politsiyachilar Rossiyaning 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga bostirib kirishini qoralab namoyish o‘tkazganlarni qo‘lga olmoqda. Foto: Aleksandr Nemenov /AFP / Getty ImagesPolitsiyachilar Rossiyaning 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga bostirib kirishini qoralab namoyish o‘tkazganlarni qo‘lga olmoqda. Foto: Aleksandr Nemenov /AFP / Getty Images

Prezidentning 2022 yil mayda — G‘alaba bayramidagi nutqida Ukrainadagi urush frontidan qaytib kelgan askarlarga «otalari va bobolari nima uchun kurashgan bo‘lishsa, ular ham shu uchun otlanishgani»ni, «ona vatan» va natsizmga qarshi jang qilishayotganini aytadi. Unga ko‘ra 2013 yili Ukrainadagi inqilob fashist «Banderachilar to‘ntarishi», Kiyev hukumati — «xunta», NATO kuchlari — Anshlyus, Yevropa ittifoqi esa Rossiya madaniyatga xavf soluvchi dekadent. Putinning fikricha, 2022 yildagi Rossiya 1941 yili G‘arb tahdidi, bosqin xavfi ostida qolgan SSSRga o‘xshab qolgandi.

Bolakay Ikkinchi jahon urushi yillari Kiyevda ochilgan Ukraina milliy tarixi muzeyidagi «G‘alaba kuni» ochiq ko‘rgazmasida Vladimir Putin rasmlari tushirilgan posterlarni tomosha qilmoqda. Ukraina, 2022 yil 9 avgust. Foto: Roman Pilipey / EPABolakay Ikkinchi jahon urushi yillari Kiyevda ochilgan Ukraina milliy tarixi muzeyidagi «G‘alaba kuni» ochiq ko‘rgazmasida Vladimir Putin rasmlari tushirilgan posterlarni tomosha qilmoqda. Ukraina, 2022 yil 9 avgust. Foto: Roman Pilipey / EPA

Zabujkoning fikricha, adolatsizlik va xiyonat haqidagi chuqur tarixiy tuyg‘u nafaqat Putinni, balki butun Rossiya jamiyatini oyoqqa qalqitmoqda. «O‘ziga achinmaydigan rusni topgisi keladi kimdir. Nohaqlik hissi — zamonaviy rus jamiyatiga xos axloqiy tanazzulning yorqin belgilaridan biri». Ukrainaning ham o‘ziga yarasha adolatsizlik hissi bor va ko‘rsatkich barmog‘ini Rossiyaga qaratgan. Londondagi Ukraina instituti direktori Olesya Xromeychukning ta’kidlashicha, «Ukrainaning tarixdan chiqargan sabog‘i — davlatsizlik va kurash, repressiv tashqi boshqaruv va mashaqqat bilan qo‘lga kiritilgan mustaqillik — uni bugun hammamiz ko‘rib turgan millatga aylantirdi. Bugun ushbu o‘lka imperializm, dushmanga qarshi birlashgan va erkinligini himoya qilishga shay xalqdir. Ukrainlar uchun ozodlik shunchaki orzu-xayol, yuksak ideal emas — najot qal’asidir».

1991 yilda erishilgan mustaqillikdan keyin Ukraina birlashuvi xiyla muddatga cho‘zildi. Ikki qutbga bo‘linganlar — bir tomonda millat va millatchilar deguvchilar, ikkinchi tomonda sovet davrini qo‘msaydiganlar kurashi ketdi. To‘g‘ri, bu postsovet davlatlari orasidagi yagona holat emasdi, biroq Ukrainadagi jarayon boshqalarga nisbatan ziddiyatga boy, murosasiz davom etgandi.

Odamlar 1932−1933 yillari millionlab ukrain hayotiga zomin bo‘lgan ommaviy ochlik — Golodomor qurbonlarini xotirlash uchun Lvovdagi maydonga to‘planmoqda. Foto: Yuriy Dyachishin /AFP / Getty ImagesOdamlar 1932−1933 yillari millionlab ukrain hayotiga zomin bo‘lgan ommaviy ochlik — Golodomor qurbonlarini xotirlash uchun Lvovdagi maydonga to‘planmoqda. Foto: Yuriy Dyachishin /AFP / Getty Images

O‘shanda kurashlar maktab darsliklari, haykallar, milliy bayramlarni tanlash masalasi, ko‘cha nomlari, davlat arxivlari, Golodomor haykali — 1932−1933 yillari millionlab ukrainalikni halok qilgan ommaviy ocharchilik timsoli ustida ketgandi. Viktor Yushchenkoning 2005 va 2010 yillardagi «tarixiy raisligi» davrida 159 ta tarixiy farmon chiqarilib, ularning aksari mamlakatni dekommunizatsiya qilish haqida edi.

Amalda tarix ko‘pincha hukmdor tomonidan noto‘g‘ri qo‘llanadi. 2014−2019 yillari orasida Ukraina Milliy xotira institutida o‘lkani sof etnik antirossiya nuqtasidan ta’riflagan o‘ng qanot millatchilarining tor guruhi hukmronlik qildi.

U qadar shuhrat qozonolmagan rahbarlar, masalan, Pyotr Poroshenko kundan kun millatni bo‘luvchi, behad g‘aliz etnik da’vatlarga suyanib, ularni hokimiyatda qolishning yagona chorasi deb bildi. 2015 yili hukumat hatto «xotira to‘g‘risida»gi qonunlar to‘plamini ham chiqardi. Natijada, kimda kim mamlakat o‘tmishi haqidagi rasmiy, chuqur antisovet nazariyadan shubhalansa, o‘n yilgacha qamoq bilan jazolanishi belgilandi.

Vladimir Zelenskiy va «mustaqillik avlodi» — Ukraina Sovet hukmronligidan ajralib chiqqanidan keyin tug‘ilgan yoshlar — iqtidorga kelgach, o‘tmish saboqlari, o‘zlik va til qayta-qayta murojaat etiladigan masala-mavzuga aylandi, deb yozadi Olga Onuch «Zelenskiy effekti» kitobida. Sobiq aktyor va qiziqchi Zelenskiy 2019 yili prezident etib saylangach, tarix nega muhimligini tushundi. Shuningdek, u «Xalq xizmatkori» serialida — teleekranlarda Zelenskiy nomini chiqargan asar — tarix o‘qituvchisi rolini gavdalantirib, o‘quvchilariga 1903 yili birinchilardan bo‘lib Ukraina tarixi Rossiyaning bir bo‘lagidan iborat emasligini isbotlashga uringan tarixnavis Mixail Grushevskiyning naqadar muhim shaxs ekanini uqtirishga, yosh avlodni ishontirishga urinadi.

Prokuratura eksperti Rossiya armiyasi Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga tomon otgan snaryad va raketalarning to‘plangan qoldiqlarini tekshirmoqda. Foto: Aleksey Filippov /AFP /Getty ImagesProkuratura eksperti Rossiya armiyasi Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga tomon otgan snaryad va raketalarning to‘plangan qoldiqlarini tekshirmoqda. Foto: Aleksey Filippov /AFP /Getty Images

2020 yildagi yangi yil tabrigida Zelenskiy ukrain xalqiga «O‘zingizdan ‘Men kimman?' deb so‘rang va boshqalarni istisno etmay javob izlamang» deya murojaat qiladi. «Pasportlarimiz bizning mos ukrainalikmizmi yoki yo‘q — aytolmaydi. Unda „vatanparvar“, „malorus“ (milliy o‘ziga xosligi bo‘lmagan ukrainalikni tasvirlashda qo‘llanadigan kamsituvchi atama), „vatnik“ (rossiyaparast fuqaroni kamsituvchi atama»), «banderachi» (ukrainalik millatchini tasvirlaydigan kamsituvchi atama) degan yozuvlar yo‘q. Unda huquq va majburiyatlari bor «Ukraina fuqarosi» deb yozib qo‘yilgan. Hammamiz turlichamiz". Ushbu g‘oya hurmatga yo‘g‘rilib «yashash»ga sazovor.

Prezident Vladimir Zelenskiy 2020 yil 1 yanvarda Kiyevda butun xalqni boshlangan yangi yil bilan televideniye orqali qutlamoqda. Foto: APPrezident Vladimir Zelenskiy 2020 yil 1 yanvarda Kiyevda butun xalqni boshlangan yangi yil bilan televideniye orqali qutlamoqda. Foto: AP

Onuch va hammuallif Henri Heyl kitobda Zelenskiy ukrainaliklarga «til, millat va diniy xilma-xillikdan ustun bo‘lmish boy, umumiy taqdirni anglab yetish» imkonini bergan degan fikrni ilgari suradi. Ushbu avlod o‘z rusligidan shunchaki qochib qutilishni emas, balki yangi ukrain fuqarosining o‘ziga xosligini topishni, umumiy qadriyatlar haqidagi beqiyos g‘oyaga birikishni jon-jahdi bilan xohlaydi. Ukrainaning janubi-sharqidan chiqqan rusiyzabon yahudiy sifatida Zelenskiy rusiyzabon ukrainalik qanday bo‘lishi, yana sharqda Ukraina davlatini to‘la-to‘kis tanishlari va vatanparvarliklarini namoyon etishga eng munosib nomzod edi.

Bu ayni urush boshlangan pallalarda muhim rol o‘ynadi. Polyak tarixchisi Adam Mixnikning urg‘u berishicha, Yevropaning bir parchasi sifatida Ukrainaning kelajagi faqat Lvov va Kiyevning g‘arbiy shaharlarigagina emas, balki Xarkov hamda Odessaga ham butunlay bog‘liqdir. «Putinning raketa zarbalari sabab Xarkov va Odessa Yevropani tanlaganiga shubha yo‘q», deydi tarixchi.

Ukrainalik askarning Odessadagi dafn marosimi. 2002 yil, mart. Foto: Sedat Suna / EPAUkrainalik askarning Odessadagi dafn marosimi. 2002 yil, mart. Foto: Sedat Suna / EPA

Qisqacha aytganda, Putin avvaldan mavjud, biroq o‘zi puxta tushunmagan mamlakatga bostirib kiraverdi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati prezident Putinga qudratli armiya Kiyevni bir deganda qo‘lga olishi, atigi bir necha soatda 2014 yili Qrimda bo‘lganidek hukumat boshlig‘ini bo‘ysundirishi, xuddi shu yildan boshlab sun’iy va yetakchilariga ishonmaydigan siyosiy befarq o‘lkani zabt etish mumkinligini bildiradi. Ushbu dalilga ishonch Ukrainadagi rusofob aholi o‘rtasida norozilik kayfiyatini uyg‘otish va rossiyaparast siyosatchilarni gijgijlash uchun sarflangan bir milliard dollar bilan asoslanadi. Afsuski, FXX xodimlari pulning bir qismini cho‘ntakka urib, Moskvani mamnun etish uchun rusparastlar haqida uydirma ma’lumotlarni taqdim etgandi.

Natijada, bostirib kirish zarurligi xususida noto‘g‘ri, puch xabarlarga to‘yintirilgan rus askarlari yurtini himoya qilishga oshiqqan ukrain ko‘ngilli askarlarini ko‘rib dovdirab qoladi. Xersonga kirib borgach esa gul o‘rniga otishmalar bilan qarshilanishadi.

31 yoshni to‘ldirgan rossiyalik askar Mixail Kulikov 2022 yil 30 iyunida Chernigovdagi janglarda qilgan jinoyatlari uchun suddagi oynavand to‘siq ortida o‘tiribdi. U urush qonun-qoidalarini buzishda aybdor deb topilgan. T-72B tanki operatori sifatida 26 fevral kuni kuchli portlovchi-parchalovchi snaryad yordamida aholi turar joyiga o‘q otish buyrug‘ini olgan. U sud oldida aybini tan olib, tavba qilgan. Foto: Karol Guzi / Zuma Press Wire / Rex / Shutterstock31 yoshni to‘ldirgan rossiyalik askar Mixail Kulikov 2022 yil 30 iyunida Chernigovdagi janglarda qilgan jinoyatlari uchun suddagi oynavand to‘siq ortida o‘tiribdi. U urush qonun-qoidalarini buzishda aybdor deb topilgan. T-72B tanki operatori sifatida 26 fevral kuni kuchli portlovchi-parchalovchi snaryad yordamida aholi turar joyiga o‘q otish buyrug‘ini olgan. U sud oldida aybini tan olib, tavba qilgan. Foto: Karol Guzi / Zuma Press Wire / Rex / Shutterstock

«Siz tarqatayotgan axborot va chin hayotdagi Ukraina tamomila boshqa-boshqa qutbdan joy olgan», deya ogohlantirgan Zelenskiy ruslarni bosqin arafasida, «faqat ikkinchisigina haqiqiydir».

Bosqinning uchinchi kuni rus ofitserlari jiddiy xatoga yo‘l qo‘yilgani, operatsiyani endi hech qachon o‘nglab bo‘lmasligini tushunib yetadi. Rossiyaning haddan tashqari mutakabbirligi va o‘ziga ishonchining balandligi missiyadan voz kechgulik taxmin-gumonlarni o‘rtaga qo‘ydi.

Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles Rossiyaning ilk xatolari xususida qisqacha xulosa beradi. U shu yil noyabrida Lordlar palatasi oldida: «Bu urush ‘bir kun, bir oqshom' haqidagi jamiki ovozni jaranglatdi. Siz buni ‘Havo shari yuqoriga ko‘tarilgach, dushmaningizning havo mudofaasini yorib, nishonni ixtiyoringizga ko‘ra bahuzur tanlashingiz mumkin' deb tarjima qilsangiz ham bo‘laveradi».

Ukrainalik askar noyabr oyida Baxmut yaqinida kechgan janglarda rus pozitsiyasiga qarab o‘t ochmoqda. Foto: Bulent Kilich/AFP/Getty ImagesUkrainalik askar noyabr oyida Baxmut yaqinida kechgan janglarda rus pozitsiyasiga qarab o‘t ochmoqda. Foto: Bulent Kilich/AFP/Getty Images

«Bir oqshom yo bir kunda, yoki ruslar ta’kidlaganidek, uch haftada ham hech vaqoni eplolmasangiz nima qilasiz? Ularning bir kun, bir kechasida ukrainlar o‘ta donolik bilan kazarmani tashqariga chiqarishdi, qurol-yarog‘ omborini tarqatib, harbiy havo kuchidagi qobiliyatlarini hiyla-nayrang bilan ishlatishdi. Nimalar yuz berishini avvaldan xomcho‘tlab, ular havo kuchimiz shuginadan iborat deya Rossiyani aldashdi, natijada, qarshi tomon faqat noto‘g‘ri yo‘nalishga o‘t ochaverdi. Keyin bir kun, bir kecha uch-to‘rt haftaga ulanib ketaverdi. Sizdagi murakkab, zamonaviy qurollar ham bir kun tugaydi va siz ham ayni damda Rossiya turgan joydasiz».

Ilk bosqindan 10 oy o‘tib, Ukrainaning g‘ayrioddiy bardoshi, jasorati mag‘lubiyatning oldini oldiyu, biroq g‘alabagacha yetib borolmadi. Sovuq urushdan keyingi Yevropa manzarasi ham o‘zgardi, lekin hali uzil-kesil qaror qabul qilinmadi. Hamon o‘tish davri ketmoqda.

Rossiyalik shaxmat ustasi Garri Kasparov bu urushni «shaxmatdan ko‘ra ko‘proq qarta o‘yiniga o‘xshaydi. Shaxmat taxtasida hamma figuralar o‘yindan chiqadi, lekin qarta chala-chulpa ma’lumotlarga asoslangan o‘yin, unda faqat taxminlarga suyanish mumkin, taxmin bilan harakatlanib o‘ynaladi», deb tasvirlagandi.

Eng qiyini — ikkinchi tomon bunday halokatga ruhan, jisman nechog‘lik turib berishini chamalashdir. Har bir tomon boshqalarga umid bag‘ishlash uchun, dushman bombardimon etishiga yaqin qoldi deya urush qiymatini oshirishiga to‘g‘ri kelaveradi.

Shunga qaramay, urush badali allaqachon ulkanlashib ketgan. AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli urushda 100 mingdan ziyod rus aksari halok bo‘lganini keltiradi. Ochiq manbali havolalarga asoslanib Oryx sayti Rossiya tomoni 24 fevraldan beri umumiy hisobda 1491 ta asosiy jangovar tankini yo‘qotgani, shundan 856 tasi yakson etilgani, 62 tasi zararlangani, 55 tasi tashlab ketilgani, 518 tadan ko‘prog‘i ukrainaliklarga boy berilganini aniqladi. Qarangki, Rossiya beixtiyor Ukrainaning qurol yetkazib beruvchi muhim ta’minotchisiga aylandi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, AQSh yillik mudofaa budjetining 5,6 foizini Rossiya harbiy salohiyatining yarmini mahv etishga sarflagan.

Muvaffaqiyatli zarbalar buyuk Rossiya mudofaasi obro‘siga putur yetkazdi. Rossiya tomoni Kiyev bilan Chernigovni ololmagach, qadamni eng avval shimolda «qayta guruhlash»dan qo‘yish kerakligini tushunib yetdi. 6 sentabrda rus frontining Xarkovning shimoli-sharqiy hududlarida ko‘z ko‘rsa ishonmaydigan mag‘lubiyatlari boshlandi. 11 noyabrda esa 40 kuncha avval Rossiyaning bir bo‘lagi deb jar solingan, anneksiya qilingan Xerson shahri portidan surib chiqarildi. Dnestr bo‘ylab global yo‘lak qurish maqsadidan — Ukrainaning g‘arbiy qo‘shnisi sanalmish Moldovaning Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan alohida qismidan — hozircha voz kechilgan. Ukraina tomonining aytishicha, sentabrdan beri Rossiya okkupatsiya qilgan hududlarning 40 ming kvadrat kilometrdan ortig‘i qaytarib olingan.

Odamlar Xerson yaqinidagi buzib tashlangan ko‘prikda qolgan mashina oldida. Janubiy Ukraina, 26 noyabr 2022 yil. Rossiya armiyasi Xersondan chiqib ketayotganida muhim infratuzilmalar, suv va elektr ta’minoti inshootlari, asosiy obyektlarni qasddan yo‘q qilganlikda ayblangan. Foto: Roman Pilipey / EPAOdamlar Xerson yaqinidagi buzib tashlangan ko‘prikda qolgan mashina oldida. Janubiy Ukraina, 26 noyabr 2022 yil. Rossiya armiyasi Xersondan chiqib ketayotganida muhim infratuzilmalar, suv va elektr ta’minoti inshootlari, asosiy obyektlarni qasddan yo‘q qilganlikda ayblangan. Foto: Roman Pilipey / EPA

Bunga qo‘shimcha, Rossiya diplomatik obro‘-e’tiborini yo‘qotgani uchun ham badal to‘ladi. Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlari bilan uchrashuvlarda Putin o‘zini kamsitilgan, ziddiyatlar qurshovida qolganini sezadi va Rossiya obro‘si tushib borayotgani uchun Kavkazdagi xavfsizlik masalasi xususida og‘iz ochaveradi. Rossiyani Belarus, Shimoliy Koreya, Suriya va Eriteriyagina diplomatik qo‘llab-quvvatlamoqda (himoya qilishdan farqli, albatta). Bir xalqaro diplomatik idora ortidan keyingisida «Rossiya qabul qilinmaydi!» kabi shiorlar yangramoqda. Xitoy mudofaa vaziri Fey Venxe iyun oyida mamlakat Rossiyaga bir dona ham o‘q sotmasligi, o‘rtadagi munosabatlar ittifoqdosh emas, shunchaki hamkor sifatida davom etishini ma’lum qilgandi.

Har yili chop etiladigan Anholt-Ipsos Nations Brands indeksining noyabrdagi ma’lumotida Rossiya so‘rovnomada ishtirok etgan 60 davlat orasida 27-o‘rindan 58-o‘ringa tushib ketgan. Indeks asoschisi Simon Anholtning aytishicha, «mamlakat obro‘-e’tiborining bunday qulashi uning biznesi, hukumat va eng asosiysi, xalqining xalqaro hamjamiyat bilan bo‘ladigan savdo-sotig‘i, aloqasiga jiddiy putur yetkazadi. Agar bu uzoq yillarga cho‘zilsa, iqtisodiy sanksiyalardan ko‘ra ko‘proq yurt taqdirini falajlantirishi mumkin».

The Guardian grafigi. Rossiyaning Ukraina hududlaridan sekin-asta chekinishi. Ushbu ma’lumotnomada Rossiya tomoni harakat qilgan va hujumga o‘tgan, biroq nazoratda tutolmagan hududlar aks etgan. Manba: Institute for the Study of War (ISW).The Guardian grafigi. Rossiyaning Ukraina hududlaridan sekin-asta chekinishi. Ushbu ma’lumotnomada Rossiya tomoni harakat qilgan va hujumga o‘tgan, biroq nazoratda tutolmagan hududlar aks etgan. Manba: Institute for the Study of War (ISW).

Umumiy olganda, yuz berayotgan voqealar Putinni oldinga qarab yo‘l izlashga emas, aksincha, urush ichida turib chora qidirishga majburlamoqda. «Putin urushlari» kitobi muallifi Mark Galeottining fikricha, Moskva bugun urushda g‘alaba qozonishdan ko‘ra talafot bermaslik yo‘liga o‘tib olgan va buning uchun G‘arbdan ustun kelishga harakat qilishi shart. Yaqinda Orlando Faydjes: «Urush ayni kunlarda yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda. Sababi, qish keldi, endi ruslar chuqur kovlashiga to‘g‘ri keladi. Shu bois, ular Dnepr daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini kesib o‘tmoqdalar. Ayni shu bosqich Ukraina infratuzilmasini vayron etadi, qochoqlar bilan bog‘liq muammoni o‘rtaga tashlaydi, G‘arbga qarshi iqtisodiy urushga debocha bo‘ladi. Urush xuddi o‘sha yerda boshlanib, hammasi shu joyda hal etiladi. G‘arb davlatlarining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni qanchalik davom ettirishi urush taqdirini belgiladi», deya xulosa beradi.

Muddatli harbiy xizmatchi Moskvadagi chaqiruv bo‘limida qarindoshlari bilan xayrlashmoqda. 2022 yil sentabr. Foto: Yuriy Kochetkov / EPAMuddatli harbiy xizmatchi Moskvadagi chaqiruv bo‘limida qarindoshlari bilan xayrlashmoqda. 2022 yil sentabr. Foto: Yuriy Kochetkov / EPA

Bundan tashqari, milliy qahramonlik voqealari yakun uchun asosiy ahamiyatga ega. Moskva noyabrda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda Amerika izolyatsiyasiga qaytish va Tramp g‘alaba qozonishiga umid bog‘lagandi. Hammasi juda oddiy edi: beqaror hududlarda amerikaliklar gaz va urush xarajatlari oshib borayotganiga qarshi norozi bosh ko‘tarishlari kerak edi. To‘g‘ri, ayrim so‘rovnomalarda respublikachilar orasida urushni yoqlovchilar sekin-asta kamayayotgani sezildi, biroq aftidan Jo Bayden AQSh va Yevropa demokratiyasiga bo‘lajak tahdidni juda ishonarli, jozibali qilib tasvirlab berdi-yov.

Natijada, Bayden kelgusi ikki yilda Ukraina siyosatini shakllantirishda ishtirok etish imkoniga kutilganidan ko‘proq ega chiqdi.

Dekabr boshida Vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi respublikachi Maykl Makkol doirani kengroq olib, respublikachilar AQSh moliyalashtirishni to‘xtashini emas, balki ko‘proq nazorat va qat’iylikni targ‘ib etishini ta’kidladi. Bayden Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha 18,6 mlrd dollardan ko‘proq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy yordam sifatida 13 mlrd dollar ajratganini hisobga olsak, Makkol AQSh xarajatlari uchun javobgarlikni talab qilgani ajablanarli emas. Biroq uning asosiy maqsadi boshqa. «Ayni kundagi muammo Eron dronlarining Qrimga kirib borayotganidir. Ammo ukrainaliklarda ATACMS (taktik armiya raketa tizimi) deb nomlangan uzoq masofali artilleriya mavjud bo‘lmagunicha Eron dronlarini urib tushirolmaydilar. Ayrim sabablarga ko‘ra (Bayden ma’muriyati) ushbu qurollarni Ukrainaga taqdim etolmaydi. Agar (Ukrainaga) zarur qurollarni bersak, g‘alaba qozonadi. Bermasak, urush uzoq davom etaveradi». Bu Amerikani yakkalash an’analarini qayta tiklashga intilgan odamning ogohlantirishlari emas.

Mabodo AQSh ayni damda tor yo‘lakdek yopilishga sha’ma qilsa, Putinning keyingi eng yaxshi tanlovi Germaniya bo‘lardi. Biroq Germaniyaga qarshi energiya borasidagi po‘pisasi endi o‘ziga qarshi ishlashi, nemis sanoatiga zarar yetkazmasligi mumkin.

Kyoln sobori chiroqlari Rossiyadan import qilinadigan tabiiy gazga qaramlikni kamaytirish va Germaniyada energiyani tejash maqsadida o‘chirildi. Foto: Mesut Zeyrak / Anadolu AgencyKyoln sobori chiroqlari Rossiyadan import qilinadigan tabiiy gazga qaramlikni kamaytirish va Germaniyada energiyani tejash maqsadida o‘chirildi. Foto: Mesut Zeyrak / Anadolu Agency

Davlat rejasi va shaxsiy tejamkorlik orqali Germaniya Rossiya energiyasiga qaramlikdan qutildi. Bu gazining 55 foizi Rossiyaga bog‘liq mamlakat uchun favqulodda katta g‘alaba. Nemis sanoati gaz iste’molini yil boshidan beri 25 foizga qisqartirganida ishlab chiqarish bor-yo‘g‘i 1,4 foizga tushdi. Hukumat muqobil ta’minotchilarni Norvegiya, Niderlandiya, Belgiya va Fransiyadan topdi. Germaniya zaxiralari o‘rganilsa, kelgusi qish yanada tashvishli bo‘lsa-da, bu yil elektr energiyasining o‘chirilishi Yevropada kamroq kuzatiladi.

Germaniya narxi baland subsidiya paketlarini chiqarish orqali ko‘tarilgan veksellardan atrofdagilar g‘azabini bostirishda foydalandi. Bryugel institutiga ko‘ra, 2021 yil sentabrida boshlangan energiya inqirozidan iste’molchilarni himoya qilish maqsadida Yevropa mamlakatlari bo‘ylab 705,5 milliard yevro (614 milliard funt sterling) ajratilgan.

Biroq shu mablag‘ yetarmikan? Tunlar uzun, termometrlar ko‘rsatkichi tobora pastga tushmoqda, energiya to‘lovlari kamaymoqda. Ajab zamonlar kelmoqda. Zelenskiyning yosh, g‘ayratli strategik aloqalar jamoasining takrorlanaveradigan dahshatli tushi shuki, Ukrainaning azob-iztiroblari hademay yangiliklarda yangramaydi, bir zamonlar ozodlik so‘zi bilan ma’nodosh kelgan mamlakat esa ortiqcha yukka aylanadi. «Bizning prinsipimiz juda oddiy», deydi prezident ma’muriyati rahbari Andrey Yermak. «Agar nazardan qolsak, o‘lgan kunimiz shu». Ukraina uchun dunyo diqqat-e’tibori panoh bo‘lib xizmat qilmoqda.

13 dekabrda qisman blekaut kuzatilgan Ukraina poytaxti Kiyevdagi manzara. Foto: Sergey Supinskiy /AFP / Getty Images13 dekabrda qisman blekaut kuzatilgan Ukraina poytaxti Kiyevdagi manzara. Foto: Sergey Supinskiy /AFP / Getty Images

Ayni shu Putinni yana va yana taktik choralar ko‘rishga, Yevropaning qarorini zaiflashtirish uchun turfa urush vositalariga murojaat qilishga undamoqda. oktabrda boshlangan fuqaro energetika tuzilmalariga hujumdan asl maqsad Ukrainadagi qashshoqlik, nochorlik ko‘lamini kengaytirish qatori mahallalarni yashashga yaroqsiz holga keltirishdir. Agar vaziyat shunday davom etaversa, odamlar chor-nochor yashayotgan joyini tashlab ketishga majbur bo‘ladi va ukrainlarning ikkinchi qochqin to‘lqiniga G‘arb aslo toqat etolmaydi. Ukraina xalq deputati Lesya Vasilenko hozirgacha 14 million ukrainalik yashash joyini o‘zgartirgani, shundan 7 millioni xorijga ketganini ma’lum qilarkan, ochiqchasiga britan siyosatchilaridan qo‘rqayotgani, ularning ukrain qochoqlariga nisbatan kayfiyati o‘zgarib qolishidan xavfsirayotganini tan oldi. Maktablarda ukrainaliklarni xo‘rlash, kamsitish allaqachon boshlangani haqidagi xavotirli bonglar yangramoqda, deydi u.

Biroq Polsha migratsiya masalalari eksperti, Varshava universiteti professori Matsey Dushchik 70 foiz ukrainalik qochoq Polsha chegarasidan o‘tgani va tarixdan chiqarilgan saboqlar tufayli o‘lkada qochoqlarga nisbatan hech qanday nomaqbul javob bo‘lmaganini aytadi. Polsha yakson etish, bo‘linish, genotsid, mustamlakachilik va kommunizm so‘zlarini Rossiya bilan yonma yon qo‘yadi.

Ukraina bilan bog‘liq hozirgi yoki o‘tmishdagi farqlar qandayligidan qat’iy nazar ikki mamlakatning Rossiyada umumiy dushmani bor, deydi Dushchik. Polsha bugun Ukrainadan kelgan taxminan 1 million qochqinga boshpana berdi (va juda ko‘pi urushdan avval ham shu yerda qo‘nim topgandi). 60 foizga yaqini esa ishini ham topgan. Dushchik kelgusi yildagi saylovlarda qochqinlar muammosi ko‘tarilmasligini umid qiladi.

Lvovdan kelgan Yelena va uning ukasi Bodiya Polshaning sharqiy qismidagi Medyka piyodalar chegara punktida. 2022 yil, fevral. Foto: Voytek Radvanski / AFP / GettyLvovdan kelgan Yelena va uning ukasi Bodiya Polshaning sharqiy qismidagi Medyka piyodalar chegara punktida. 2022 yil, fevral. Foto: Voytek Radvanski / AFP / Getty

Soni tobora oshayotgan oqim yakuni esa og‘riqsiz bo‘lmaydi. Birgina Varshavada maktab va bog‘chalar 18 ming bolani qaramog‘iga olgani uchun shahar meri Yevropadan moliyaviy ko‘mak so‘ramoqda. Dushchik hozircha chegara o‘tish joyidagi holat barqaror ekanini aytadi, lekin har kun ertalab Kiyevdagi ob-havo va elektr stansiyalari holati haqidagi xabarlar kelib turishini tasdiqlaydi. «Biz davlat yo jamiyat sifatida Ukrainadan kelajak ikkinchi qochoqlar to‘lqinini qabul qilishga tayyormizmikan?», deydi u.

Agar Polsha «yo‘q, to‘ldik», deya qaror chiqarsa yoki shu masala bo‘yicha Germaniya bilan saylov siyosatini o‘ynashga urinsa, 2 milliondan ortiq qochoq G‘arbiy Yevropa davlatlariga, asosan Germaniya tomon harakatlanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yiliga taxminan 48 milliard yevroga tushishi mumkin.

Yevropa xalq partiyasi rahbari, Umumevropa konservativ siyosiy guruhi a’zosi Manfred Veber Germaniya sekin-asta inqirozga tomon ketishi mumkinligidan ogohlantiradi: «Putinning terror rejimi sabab biz qishda misli kutilmagan muammolarga duch kelamiz deb qo‘rqaman. Germaniyadagi qabul markazlari allaqachon to‘lgan, munitsipalitetlar, Niderlandiya, Belgiya va Avstriyaga o‘xshagan mamlakatlar dod devorgulik ahvolda. Bu go‘yo Germaniyada bir necha oy ichida mashg‘ulotlar markazini ochib, ularni to‘ldirish uchun maktab va sport komplekslarini cheklashimiz shart degan gapga o‘xshaydi. Germaniya bunga tayyor emas».

Ukrainadan poyezdda Berlinning asosiy stansiyasiga 2 martda kelib tushgan ayolni do‘sti quchoq ochib qarshilamoqda. Foto: Tobi Shvars / AFP / Getty ImagesUkrainadan poyezdda Berlinning asosiy stansiyasiga 2 martda kelib tushgan ayolni do‘sti quchoq ochib qarshilamoqda. Foto: Tobi Shvars / AFP / Getty Images

Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda Germaniya qit’aning Ukraina bilan aloqalari bardavomligini saqlab qolish-qolmasligini aniqlaydi. Sobiq diplomat Volfgang Ischinger Germaniya tashqi siyosatini o‘zgartirishga va status-kvoga rioya etishdan voz kechishga tayyor Yevropa davlati bo‘ldi, deydi. Bir tarafdan oxirgi 12 oy ichida o‘lka o‘zining urushdan keyingi qarashlarini o‘zgartirishga urindi. Kansler Olaf Shols esa ancha siyraklashgan armiyasiga 100 milliard yevro sarmoya kiritishga qaror berdi. Germaniya tomoni urush o‘chog‘iga tankka qarshi raketa va Stinger raketalarini yuborishga rozi bo‘ldi. Yillar bo‘yi Rossiya bilan murosa qilishda eng faol mamlakat prezidenti bo‘lmish Frank Volter Shtaynmayer afsusdaligini bildirish uchun Kiyevga yo‘l oldi. Germaniyaning Rossiya gaziga qaramligi mutlaqo strategik xato bo‘lgani, Putinning dimog‘ini ko‘tarib, gap uqmas odam paydo bo‘lishiga zamin hozirlaganini aytdi. «Yomonlik oldida yaxshi niyat aslo kifoya qilmaydi», dedi u.

Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok yanayam ilgariroq ketib, sotsial-demokratlarning Sharqqa oid siyosati noto‘g‘ri tarixiy tahlilga asoslanganini tanqid qildi. Germaniyaning «ayricha mas’uliyat» borasidagi qarzi mamlakatni Rossiyaga emas, eng avval yahudiylar va polyaklar, beloruslar, ukrainlar va shundan keyingina ruslarga bog‘laydi. U Shols doimiy qochadigan formulani keltirdi: «Biz xavfsizlikka Vladimir Putinning Rossiyasisiz erishamiz».

Aksari urush hududlaridan qochgan ukrainaliklar Ukrainaning Berlindagi elchixonasi bo‘limi oldida. Germaniya, 2022 yil 1 aprel. Foto: Markus Shreyber / APAksari urush hududlaridan qochgan ukrainaliklar Ukrainaning Berlindagi elchixonasi bo‘limi oldida. Germaniya, 2022 yil 1 aprel. Foto: Markus Shreyber / AP

Vazir shu fikrlari bilan Bayden, Makron va hatto Sholsdan ko‘ra urush Putinning mag‘lubiyati bilan tugashi shart deydiganlarga yaqinroq turadi, biroq bunday yondashuv Yevropaning Rossiya bilan kelgusi aloqalarida murakkab savollarni ko‘tarmay qo‘ymaydi. Biroq Berbok yakunga javobgar emas. «Burilish nuqtasi halokatli va bizning na ruhiy, na strategik tayanchimiz bor. To‘g‘ri, juda ko‘p pul sarflanyapti, lekin Germaniya tashqi siyosatini xuddi shu byurokratik ehtiyotkor fikrga ega kishilar boshqaradi. Hamma gap — jarayonda», deydi doktor Shtefan Mayster Germaniya tashqi ishlar kengashida.

Donetsk viloyatining Pokrovskoyesidan evakuatsiya qilinayotgan oila poyezdda ketmoqda. 30 noyabr. Foto: Anatoliy Stepanov / AFP / Getty ImagesDonetsk viloyatining Pokrovskoyesidan evakuatsiya qilinayotgan oila poyezdda ketmoqda. 30 noyabr. Foto: Anatoliy Stepanov / AFP / Getty Images

Boltiqbo‘yi diplomatlaridan biri urush tugashi bilan hisob-kitob qilinsa, Franko-Germaniya og‘irlik markazidan uzoqlashishni va’da bermoqda. «Germaniyaning yonib-kuyishi uchun sabablar borligini hamma biladi, ha, ular ko‘pincha to‘g‘ri qaror qabul qilgan bo‘lib chiqishadi, lekin bunga jamiki imkoniyatlarini sarflagach erishadilarki, natijada o‘z obro‘larini o‘zlari to‘kadilar» deydi u. Ukrainalik diplomat ham shunday fikrda. «Biz har doim muayyan poytaxtlardan badarg‘a bo‘lish qo‘rquvi bilan yashayapmiz. Agar ortimizga qaytarilsak, bu Rossiya tabiatini noto‘g‘ri tushunganlari va biz nima uchun kurashayotganimizning ekzistensial mojarosi bo‘ladi».

Bu ziddiyat Putin tasvirlagan Rossiyaning tarixiy kelajagi deb atalmish nuqtai nazarga qaytaradi.

24 fevral bosqinidan bir necha kun o‘tib rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Kupyanskning yo‘l chetida vayron etilgan rus tanki. Bu hududning bosib olinishi Rossiya tarafdori — Kupyansk merining taslim bo‘lishi bilan tezlashgandi. Foto: Kris Makkarti / Getty Images24 fevral bosqinidan bir necha kun o‘tib rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Kupyanskning yo‘l chetida vayron etilgan rus tanki. Bu hududning bosib olinishi Rossiya tarafdori — Kupyansk merining taslim bo‘lishi bilan tezlashgandi. Foto: Kris Makkarti / Getty Images

Hademay chop etiladigan «Rossiya urushi» kitobi muallifi, akademik Jeyd Makglinn Rossiya nima uchun Ukrainadan voz kechishi juda qiyinligini izohlaydi. «Sergey Lavrov (Rossiya tashqi ishlar vaziri) Rossiyasiz Ukrainaning biror tarixi yozilmasligini ta’kidlaydi. Ammo amalda buning butunlay teskarisi bo‘lmoqda. Ukrainasiz Rossiyaning o‘z-o‘zini anglashi — bu ortodoksallikka asoslangan uchinchi Rimdek gap — mutlaqo mumkin emas».

Mana, nima uchun Rossiya bu urushda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganini tan olishi qiyin ekan.