Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi tufayli Haj ziyoratiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda qirollikning Haj va umra ishlari vaziri Tavfik Al-Rabiya ma’lum qildi, deya xabar qildi Anadolu Agancy.
«Haj ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari bo‘lmaydi», — dedi vazir.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyodan kelgan ziyoratchilar yana Saudiya Arabistonida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha istalgan vakolatli kompaniya bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
«Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda ziyoratchilarning yetib kelish tartib-taomillarini osonlashtirish uchun NUSK platformasini ishga tushirdik», — deya qo‘shimcha qildi Al-Rabiya.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Saudiya Arabistoni rasmiylari so‘nggi uch yilda koronavirus sababli Hajga ziyoratchilar soniga cheklov qo‘ygandi.