Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligiga Patriarx Kirillning murojaatini inobatga olgan holda Ukrainadagi tomonlar o‘rtasidagi barcha jangovar to‘qnashuvlar chizig‘i bo‘ylab 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar 24:00 gacha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni topshirdi.

«Jangovar harakatlar hududlarida pravoslavlikni tan olgan ko‘plab fuqarolar istiqomat qilayotganiga asoslanib, biz Ukraina tomonini o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishga va ularga Rojdestvo arafasida, shuningdek, Iso Masih tug‘ilgan kuni bayramlarida qatnashish imkoniyatini berishga chaqiramiz», — deyiladi Kreml matbuot xizmati tarqatgan press-relizda.