Sloveniya hukumati juma kuni bo‘lib o‘tgan telefon uchrashuvida infeksiya tarqalishi kamaygani sababli mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti Vazirlar Mahkamasiga tayangan holda.

Milliy sog‘liqni saqlash instituti (NIJZ) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan beri 66 mingdan ortiq tekshiruv o‘tkazilgan, jami 1465 kishida infetssiya aniqlangan, 103 bemor vafot etgan. O‘tgan kun davomida koronavirus faqat bitta bemorda tasdiqlandi.

Hukumat qarori bilan Sloveniya chegarasini Avstriya, Italiya va Vengriya hududidan kesib o‘tish, shuningdek himoya choralariga rioya qilgan holda aeroportlarni ochish mumkin bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, har bir nazorat punktini ochish to‘g‘risidagi qaror Ichki ishlar vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

Yevropa Ittifoqi fuqarolari mamlakatda kirishda Sloveniya Sog‘liqni saqlash vazirligidan maxsus qo‘llanma oladi, uchinchi davlat fuqarolari va mamlakatda doimiy ro‘yxatdan o‘tmaganlar esa 14 kun karantinda qolishlari kerak. 18 may, dushanba kunidan boshlab mamlakatda savdo nuqtalari, jumladan savdo markazlari, kafelar, restoranlar, otel va mehmonxonalarni ochish rejalashtirilgan.