Xitoy shimoli-sharqida 34 ta yangi koronavirus holati aniqlangani sababli ushbu hududda yashayotgan 100 milliondan ortiq xitoylik o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga qaytarildi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hududda infeksiya tarqalishining ikkinchi to‘lqini vujudga kelishi xavfini bartaraf etish maqsadida qat’iy karantin choralari qayta tiklangan. Jumladan, Szilin pronvinsiyasida avtobus va temir yo‘l xizmatlari to‘xtatildi, barcha maktablar yopildi.


Shimoli-sharqiy Xitoy hududi (Heilongjiang, Jilin, Liaoning povinsiyalari), Vikimediya fotosi.

“Cheklovlar tiklanishi mamlakatdagi koronavirus epidemiyasining eng yomon qismi ortda qoldi, deb ishongan qo‘plab mahalliy aholini oldingidan ko‘proq xavotir bosmoqda”, — deya ta’kidladi Bloomberg suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi koronavirus holatlari aniqlangani sababli Uxan ma’muriyati infeksiya o‘chog‘i hisoblangan shaharning barcha 11 mln aholisini 10 kun ichida koronavirus infeksiyasiga qayta tekshirish o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qaror qabul qilgan edi.