15 maydan Estoniya, Latviya va Litva Boltiqbo‘yi davlatlaridan bo‘lgan sayohatchilar uchun o‘z chegaralarini qaytadan ochdi, deb yozmoqda Estoniyaning ERR.ee nashri. Biroq Estoniya va Latviya o‘rtasidagi chegara nazorati bekor qilingan bo‘lsa ham, Litvaga kirishda yana hujjatlarni ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Boltiqbo‘yicha davlatlari bo‘yicha ushbu davlatlarning fuqarolari va ularda yashash huquqiga ega shaxslar, so‘nggi 14 kun ichida mazkur mamlakatlardan tashqarida bo‘lmagan, kasallikka chalingani yoki COVID-19 yuqtirgan shaxs bilan muloqotda bo‘lgani sababli o‘zini o‘zini izolyatsiya qilishga olinmagan va nafas yo‘llarida kasallik alomatlari mavjud bo‘lmasalar, hech qanday to‘sqinliklarsiz harakatlanishlari mumkin.

Boshqa mamlakatlardan Boltiqbo‘yi davlatlariga kirib kelgan barcha shaxslar ikki hafta karantinda qoladilar.

“Uchta davlat — Estoniya, Latviya, Litva — o‘rtasida harakatlanish [15 may] soat 12 dan boshlab erkin bo‘ldi. Biroq kishi, masalan, estoniyalik uchta Boltiqbo‘yi davlati tashqarisidan, Germaniya yoki yana qayerdandir keladigan bo‘lsa, ikki haftani karantinda o‘tkazishini hisobga olishi kerak. Bu qoida qoladi. Biz bu yerda, chegarada ishlashda davom etmaymiz, biroq o‘z faoliyatimizni yo‘llarda davom ettiramiz”, — dedi Lyaene uyezdi rahbari Kaydo Kiplas.