Jahon

Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshiradi
4 fevral 2021, 18:17

Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshiradi

Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida erishilgan bitimga ko‘ra, Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshira boshlaydi. Qatnovlar Qohira va Toshkent, Sharm al-Shayx va Toshkent o‘rtasida ikkitomonlama yo‘lga qo‘yiladi.

Chexiya va Niderlandiyada ham COVID-19 bilan kasallanganlar soni milliondan oshdi
4 fevral 2021, 11:41

Chexiya va Niderlandiyada ham COVID-19 bilan kasallanganlar soni milliondan oshdi

Chexiya va Niderlandiyada koronavirus yuqtirganlar soni bir milliondan oshdi. Pandemiya boshlanganidan beri Niderlandiyada COVID-19 asoratlaridan 14,2 mingdan ortiq, Chexiyada esa 16,6 mingdan ortiq inson vafot etdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 fevral 2021, 19:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada muholifatning prezidentga nisbatan impichment e’lon qilish tashabbusi, Saudiya Arabistonining 20 mamlakatdan qirollikka kirishni vaqtincha taqiqlagani, AQSHda metall detektorlaridan o‘tishdan bosh tortgan amaldorlarga jarimalar qo‘llanilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi
3 fevral 2021, 15:41

«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi

Toshkentni Pokiston shimoli bilan bog‘laydigan «Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘lishi ma’lum qilindi. Loyiha uchun umumiy 4,8 mlrd dollar kredit jalb qilinadi.

Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorligidan ketadi
3 fevral 2021, 10:22

Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorligidan ketadi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorlik lavozimidan ketdi. Endilikda u kompaniyaning direktorlar kengashini boshqaradi. Amazon rahbari vazifasini veb-servislar bosh direktori Endi Yassi egallaydi.

Aleksey Navalniy 3,5 yilga qamaldi
3 fevral 2021, 08:55

Aleksey Navalniy 3,5 yilga qamaldi

Sud Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyga tayinlangan shartli hukmni qamoq jazosiga o‘zgartirdi — u 3,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Navalniy umumiy rejimdagi koloniyaga joylashtiriladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 fevral 2021, 21:23

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroil va Kosovo diplomatik aloqalarni o‘rnatgani, Xitoyda koronavirusga qarshi soxta vaksinalarning musodara qilingani, Google kompaniyasining kamsitish holatlari uchun 3,8 mln dollar to‘lashi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

TIV xalqaro jurnalistga akkreditatsiya bermadi. Jurnalist TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini aytmoqda
1 fevral 2021, 19:52

TIV xalqaro jurnalistga akkreditatsiya bermadi. Jurnalist TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini aytmoqda

Guardian, Al Jazeera, The Diplomat xalqaro nashrlari uchun yozadigan mustaqil jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi unga akkreditatsiya bermaganligini ma’lum qildi. Akkreditatsiya bo‘yicha javob qonun bo‘yicha 2 oyda emas, 6 oyda berilgan. Jurnalist TIV xodimi unga tegajog‘lik qilganini, ijobiy maqolalar yozishini so‘raganligini aytmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 fevral 2021, 19:45

Jahon yangiliklari dayjesti

Qirg‘izistonda Mudofaa vazirligining qayta tuzilayotgani, Italiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning tahdid ostida qolgani, Janubiy Koreyada karantin cheklovlarining 14 fevralga qadar uzaytirilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘istonlik haydovchilar guvohnoma va «texpasportlar» olib yurmaslik huquqiga ega bo‘ldi
1 fevral 2021, 16:49

Qozog‘istonlik haydovchilar guvohnoma va «texpasportlar» olib yurmaslik huquqiga ega bo‘ldi

Qozog‘istonda haydovchilar o‘zi bilan haydovchilik va transport vositalarini qayd qilish guvohnomasini olib yurmaslikka ruxsat berildi. Politsiya xodimlari haydovchilar ma’lumotlarini planshetlar orqali tekshirishadi.

Myanmada harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi va bir yilga favqulotda holat e’lon qildi
1 fevral 2021, 11:17

Myanmada harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi va bir yilga favqulotda holat e’lon qildi

Myanmada harbiylar hukumat rahbarlari hibsga olingani va mamlakatda bir yilga favqulodda holat joriy etilgani haqida e’lon qildi. Ushbu qaror soxtalashtirilgan parlament saylovlari tufayli qabul qilinganini ta’kidlamoqda.

Navalniyni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha namoyishlarda rekord darajadagi odamlar hibsga olindi
1 fevral 2021, 10:17

Navalniyni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha namoyishlarda rekord darajadagi odamlar hibsga olindi

Rossiya bo‘ylab minglab odamlar muholifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun ikkinchi marotaba yurishlar uyushtirishdi. 5 mingdan ortiq namoyishchilar hibsga olindi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari pora talab qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi
30 yanvar 2021, 17:54

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari pora talab qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati rahbari Nurgazi Anarkulov pora talab qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Ta’kidlanishicha, u bir shaxsga davlat yuqori lavozimiga tayinlanishini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 yanvar 2021, 20:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda korrupsiyada ayblangan amaldorlarni ko‘cha tozalash orqali jazolash taklif qilingani, Xitoyda davlat kompaniyasi sobiq rahbarining korrupsiya va xotinbozlik uchun qatl etilgani, AstraZeneca vaksinasini 65 yoshdan oshganlarga qo‘llamaslik tavsiya qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi
29 yanvar 2021, 12:27

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. «Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo‘lmaymiz», — degan bosh kotib.

COVID-19 rasman aniqlanmagan Turkmanistonda vaksinatsiya jarayonlarini boshlash rejalashtirilmoqda
29 yanvar 2021, 10:11

COVID-19 rasman aniqlanmagan Turkmanistonda vaksinatsiya jarayonlarini boshlash rejalashtirilmoqda

Turkmanistonda rasman koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan bo‘lsa ham fuqarolarni emlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shu bilan birga, mamlakatda niqob taqish rejimi, transport, savdo markazlari faoliyatiga cheklovlar davom etmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 yanvar 2021, 22:02

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHning BAA va Saudiya Arabistoniga qurol sotishni vaqtincha to‘xtatgani, NATO bosh kotibi davlatlarni mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga chaqirgani, Buyuk Britaniyada Alisher Usmonov va Roman Abramovichga qarshi sanksiyalar qo‘llash talab qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida 7 pog‘ona ko‘tarildi
28 yanvar 2021, 11:17

O‘zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida 7 pog‘ona ko‘tarildi

Transparency International xalqaro tashkilotining 2020 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 146-o‘rinni egalladi. Bu 2019 yil ko‘rsatkichiga qaraganda 7 pog‘onaga yuqori. COVID-19 pandemiyasi korrupsiya avj olgan va avtoritar rahbarlar uchun davlat xarajatlari ustidan nazoratni yengillashtirish va fuqarolar erkinliklarini cheklash uchun bahona bo‘ldi, deyiladi hisobotda.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 yanvar 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada Bayden va Poroshenkoga qarshi ikkita jinoiy ish ochilgani, Italiyada mafiyadan 124 mln yevrolik mol-mulkning musodara qilingani, Qirg‘iziston sobiq bosh vazirining hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQSH Senati yangi davlat kotibini tasdiqladi
27 yanvar 2021, 15:34

AQSH Senati yangi davlat kotibini tasdiqladi

AQSH davlat kotibi lavozimiga Senat 58 yoshli Entoni Blinken nomzodini tasdiqladi. Uning nomzodini Senatning 78 nafar a’zosi tasdiqladi


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting