Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sog‘liqni saqlash vaziriga mamlakat fuqarolarini vaksinalar bilan ta’minlash bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti «Neytralnыy Turkmenistan» gazetasi ma’lumotlariga tayanib.

Turkmaniston prezidenti vazirga JSST tomonidan tasdiqlangan dori-darmon va vaksinalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni davom ettirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Hukumat xabarlariga ko‘ra, Turkmanistonda COVID-19 virusi qayd etilmagan. Shu bilan birga, mamlakatda niqob taqish rejimi, transport, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish joylarining faoliyatiga cheklovlar joriy qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib «Sputnik V» vaksinasini o‘z hududida qo‘llashni rasman ma’qullagan.