Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda u o‘zining Twitter akkauntida ma’lum qildi.
BMT Bosh kotibi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgani haqida xabar bergan.
«Barcha uchun hamma joyda vaksina bo‘lishi uchun ishlashimiz kerak. Bu pandemiya davrida barchamiz xavfsiz bo‘lmagunimizcha, hech birimiz xavfsiz bo‘lmaymiz», — deb yozgan BMT bosh kotibi.
Guterresh qaysi vaksinadan foydalangani ma’lum qilinmagan.