Qirg‘izistonda Mudofaa vazirligi qayta tuziladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Mudofaa vazirligini qayta tuzishga qaror qildi. “Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa davlat qo‘mitasi va Qirg‘iziston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi bazasida Qirg‘iziston Mudofaa vazirligini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin”, — deyiladi prezident farmonida. Matbuot xizmatining xabar berishicha, Mudofaa vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmon Japarov tomonidan “qurolli kuchlarni boshqarish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida” imzolangan. Mamlakat Mudofaa vazirligi 1993−2015 yillarda mavjud bo‘lib, undan so‘ng prezident Almazbek Atambayev davrida Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi etib qayta tuzilgan. Keyinchalik, prezident qarori bilan mamlakatning barcha kuch va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, shu jumladan Mudofaa va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi Bosh shtabga bo‘ysundirildi. — Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Singapur pandemiya sababli chet el fuqarolarining mamlakatga kirish qoidalarini kuchaytirdi

Singapur hukumati 1 fevraldan boshlab mamlakatga chet elliklarning kirishiga qo‘yilgan talablarni kuchaytirdi. Shu bilan birga, koronavirus bilan bog‘liq kasalliklarni davolash xarajatlarini qoplash uchun tibbiy sug‘urta sotib olish majburiyati qo‘yildi. Shuningdek, hukumat sayohatlarning soddalashtirilgan tartibida ishlaydigan davlatlar sonini kamaytirdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘idan kelib chiqqan holda, 1 fevraldan boshlab barcha chet el fuqarolari respublikaga kelishidan oldin tibbiy sug‘urtani sotib olishlari shart bo‘ladi, ularning qoplanishining eng kam qiymati 30 ming Singapur dollarini (22,5 ming dollar) tashkil etadi. “Sug‘urta COVID-19 tomonidan kelib chiqqan kasalliklarni davolashni ta’minlashi kerak”, — deyiladi vazirlik bayonotida. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi 1 fevraldan boshlab Germaniya, Malayziya va Koreya Respublikasi bilan yashil koridor tizimi uch oyga to‘xtatilishini ma’lum qildi. — TASS.

Janubiy Koreyada kuchaytirilgan karantin choralari 14 fevralga qadar uzaytirildi

Koreya Respublikasi hukumati Sharqiy yangi yil bayrami arafasida va uni nishonlash paytida koronavirusni ommaviy yuqtirishning yangi holatlari paydo bo‘lishi ehtimoli bilan bog‘liq ravishda ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha qat’iy choralarni 14 fevralga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Kan De Xoning ta’kidlashicha, agar kasallikning o‘sishi qayta tiklansa, mamlakat pandemiyaning yana bir to‘lqini ostida qolishi mumkin. Karantin rejimi vaziyatning rivojlanishiga qarab bir hafta ichida to‘g‘rilanishi mumkin. Hozirda mamlakatning poytaxtida besh balli tizimda ijtimoiy masofaning to‘rtinchi darajasini, boshqa hudularda esa kamroq darajani joriy qildi. — KBS.

Italiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiya tahdid ostida

Italiyada koronavirusga qarshi emlash tahdid ostida kolmoqda — mamlakatda dori ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjud. Bu haqda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissar Domeniko Arkuri ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mamlakatda yetkazib beriladigan vaksinalar soni ilgari rejalashtirilganidan 60 foizga kam. “Biz vaksinatsiya rejasini Italiyaga 28,6 mln dozali vaksinani yetkazib berishni o‘z ichiga olgan sxema bo‘yicha boshladik. Endi biz 11,2 mln dozani yetkazib beradigan sxema bo‘yicha ishlayapmiz”, — deya tushuntirdi Arkuri. Yanvarning so‘nggi haftalarida AQSHning Pfizer kompaniyasi Italiyaga vaksina yetkazib berishni avvaliga 29 foizga, so‘ngra 20 ga qisqartirdi. Mamlakatda AstraZeneca vaksinasi ishlab chiqaradigan kompaniya bilan ham muammolar bor — uni 55 yoshdan katta odamlarga qo‘llash tavsiya etilmadi. — Cosenza Channel.

IKEA ekotizimni saqlab qolish uchun AQSHda deyarli 4,5 ming gektar o‘rmon yerini sotib oldi

Shvetsiyaning IKEA chakana savdo tarmog‘i noyob ekotizimni saqlab qolish hamda u yerda qurilish va resurslarni sanoat tomonidan ishlatilishining oldini olish uchun Jorjiyada (AQSH) 4450 gektar o‘rmon yerini sotib oldi. Kompaniya biznesni mas’uliyat bilan olib borishga harakat qilayotganini va ishlab chiqarishda ishlatilganidan ko‘ra ko‘proq o‘rmonlarni tiklash kerak deb hisoblaydi, deya yozmoqda nashr. IKEA mahalliy yog‘ochni qayta ishlash sanoatini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va aholining o‘rmon maydonining katta qismidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidladi. 2014 yilda kompaniya va uning bosh kompaniyasi AQSH, Estoniya, Latviya, Litva va Ruminiyada qariyb 248,1 gektar o‘rmonzor sotib oldi. — CNN.