Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Devoni axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i Nurgazi Anarkulov shaxsdan rahbarlik lavozimini egallashi uchun ta’magirlik yo‘li bilan pora talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Kabar axborot agentligi ma’lum qildi.
«Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Antikorrupsiya xizmati xabar berishicha, Anarkulov egallab turgan lavozimini suiiste’mol qilib, shaxsiy moddiy boyish maqsadida nomzoddan davlat rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlash to‘g‘risidagi masalani ijobiy hal etish uchun juda katta miqdorda pulni talab qilgan», deyiladi xabarda.
Mazkur fakt bo‘yicha Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Davlat tergov boshqarmasi Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 326-moddasi (pora talab qilish) alomatlari bilan sudga qadar ish yuritishni boshladi.
«2021 yil 30 yanvar kuni tezkor-tergov tadbirlari doirasida A.N.S. qo‘lga olindi va MXDQ Davlat tergov boshqarmasiga keltirildi», deya qayd etilgan xabarda.