Dunyoning eng boy odamlaridan biri Jeff Bezos Amazon kompaniyasi bosh direktori lavozimidan ketishini ma’lum qildi. U bu haqda kompaniyaning xodimlariga yo‘llagan xatida xabar bergan.

Kompaniya rahbari sifatida uning o‘rnini Amazon veb-servislari bosh direktori Endi Yassi egallaydi. Iste’foga chiqqandan so‘ng, Bezosning o‘zi kompaniyaning direktorlar kengashini boshqaradi.

«Ijrochi rais sifatida men o‘z kuchimni, e’tiborimni yangi mahsulotlar va dastlabki tashabbuslarga yo‘naltirish niyatidaman. Endi kompaniyada yaxshi tanilgan va deyarli men kabi Amazon’da ishlagan. U ajoyib rahbar bo‘ladi va men unga to‘liq ishonaman «, — dedi Bezos.

2013 yilda Bezos AQSHning eng yirik gazetalaridan biri The Washington Post’ni sotib olgan. Bezosning o‘z investitsiya va xayriya jamg‘armasi bor. U Google, Twitter i AirBnb’ning investorlaridan biri hisoblanadi.