Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti 2020 yil uchun Korrupsiyanni qabul qilish indeksini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston 180 ta mamlakat orasida 146-o‘rinni egallagan, ko‘rsatkich o‘tgan yilga (153-o‘rin) nisbatan 7 pog‘onaga yuqori. 2017 yilda O‘zbekiston 156, 2016 yilda 156-o‘rinda edi.

Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqasida korrupsiya bo‘yicha yaxshi holat Gruziya (45-o‘rin), Armaniston (60-o‘rin) va Belarus (63-o‘rin) davlatlarida qayd etilgan. Mintaqa bo‘yicha quyi pog‘onalarda O‘zbekiston, Tojikiston (149-o‘rin) va Turkmaniston (165-o‘rin) davlatlari.

Hisobot mualliflari Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqasi o‘rtacha 36 ball bilan mintaqalar orasida oxirdan ikkinchi o‘rinni egallagnini ta’kidlashadi. Ushbu mintaqaning korrupsiyaga moyilligi COVID-19 pandemiyasi bilan keskinlashadi, deyiladi hisobotda.

COVID-19 pandemiyasi korrupsiya avj olgan va avtoritar rahbarlar uchun davlat xarajatlari ustidan nazoratni yengillashtirish va fuqarolar erkinliklarini cheklash uchun bahona bo‘ldi, deyishadi mualliflar. Bu xorijiy ko‘mak mablag‘lar sarflanishining shaffofligini pasaytirdi hamda mablag‘larni kuzatish va ularning benefitsiarlar orasida keraklicha taqsimlanishini ta’minlashni qiyinlashtirdi.

Hisobot natijalarini shuni ko‘rsatadiki, korrupsiya demokratik huquqlarning hayotga tadbiq etilishi va demokratik institutlarning, jumladan so‘z erkinligi, axborot olish erkinligi va mustaqil sud tizimi, ishlashiga halaqit beradi, hamda fuqarolarning o‘z hukumatlarini javobgarlikka tortish bo‘yicha imkoniyatlarini cheklaydi.

Mintaqada COVID-19 bilan kurash choralarining shaffof bo‘lmaganligi tiyib turish mexanizmlarini qo‘llash, hamda haqgo‘ylik tizimini mustahkamlash muhimligidan dalolat beradi, deyiladi hisobotda.

Mintaqada COVID-19 bilan kurash choralarining shaffof bo‘lmaganligi tiyib turish mexanizmlarini qo‘llash, hamda haqgo‘ylik tizimini mustahkamlash muhimligidan dalolat beradi, deyiladi hisobotda.

Reytingda Yangi Zelandiya, Daniya, Finlyandiya, Shveysariya, Singapur va Shvetsiya davlatlari yetakchi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Somali, Janubiy Sudan, Suriya va Yaman davlatlarida.

Transparency International

27 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev bosh prokurorga tumanlarda korrupsiya sabablarini o‘rganish topshirig‘ini berganligi haqida xabar bergan edik.