O‘zbekiston va Misr hukumatlari o‘rtasida tuzulgan Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimda Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasining O‘zbekistonga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha kelishuv aks etgan.

Shunga ko‘ra, Transport vazirligi huzuridagi «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan «Fly Egypt» aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam ravishda aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 3 fevralda ruxsatnoma berildi.

Ruxsatnoma doirasida Qohira — Toshkent — Qohira hamda Sharm al-Shayx — Toshkent — Sharm al-Shayx yo‘nalishlarida parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Aviakompaniya reyslarni Boing-737−700/800 havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qilgan.