AQSH davlat kotibi lavozimiga Senat 58 yoshli Entoni Blinken nomzodini tasdiqladi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga asoslanib RBK xabar berdi. 100 kishidan iborat Senatning 78 nafar a’zosi uning nomzodini tasdiqladi, 22 nafar senator esa qarshi ovoz berdi.

Blinken Bayden bilan anchadan beri ishlab keladi. Barak Obama prezidentligi davrida Jo Bayden vitse-prezident edi. O‘shanda Blinken AQSH prezidentining milliy xavsizlik bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Bundan tashqari, u davlat kotibining birinchi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha AQSH davlat kotibi lavozimida Mayk Pompeo faoliyat yuritib kelayotgan edi.