1 fevral kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev haydovchilar o‘zi bilan haydovchilik va transport vositalarini qayd qilish guvohnomasini olib yurmaslikka ruxsat beruvchi qonunni imzoladi, deb xabar berdi Zakon.kz Akorda ma’lumotlariga tayanib.

Ushbu qonun bilan Qozog‘istonda berilgan haydovchilik va transport vositalarini qayd qilish guvohnomasini (texpasport) olib yurish majburiyati bekor qilinadi.

Haydovchini politsiya xodimi to‘xtatatganida, u shaxsiy guvohnomasini taqdim etishi mumkin bo‘ladi va u orqali ichki ishlar xodimi planshet yordamida barcha kerakli hujjatlarni tekshira oladi.

Bundan tashqari, endi fuqarolar ushbu hujjatlari olib yurmaganligi uchun jarima to‘lamaydi.

O‘zgarishlar xorijiy haydovchilar va chet el transport vositalariga taalluqli emas. Ularda barcha kerakli hujjatlar bo‘lishi shart ekanligi ma’lum qilindi.