Tojikistonning Xorug‘ shahrida organ xodimlari hibsga olish paytida fuqaroni otib o‘ldirganligi sababli miting uyushtirildi. Mitingda o‘t ochilib, namoyishchilardan 6 kishi yaralangan, «Aziya-Plyus» manbasiga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan.
BMT ekspertlari MDHning 11 davlati va Gruziyadagi elektron chiqindilar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqdilar. Unga ko‘ra, ushbu hududlarda so‘nggi o‘n yil ichida poligonlarga tushadigan elektron chiqindilar miqdori 1,5 baravar oshgan. Ularning aksariyati Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va O‘zbekistonda. Bu yerda elektron chiqindilarning atigi 3,2 foizi qayta ishlangan.
Roskomnadzor Google, Apple, Tiktok, Telegram, Meta va boshqa xorijiy IT-kompaniyalariga 1 yanvarga qadar Rossiyada ofislarini ochishni majburiy etib qo‘ydi. Qonun talablarini bajarishdan bosh tortgan kompaniyalar Rossiyada reklama qilish va to‘lovlarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qilinmoqda. Roskomnadzor shuningdek, resursga kirishni sekinlashtirish yoki uni mamlakat hududida butunlay blokirovka qilish huquqiga ega bo‘ladi.
AQSh Davlat departamenti «Demokratiya uchun» sammitida ishtirok etadigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Sammit doirasida avtoritarizmdan himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlarini hurmat qilishga ko‘maklashish masalalari ko‘tariladi. O‘zbekiston taklif etilganlar orasida yo‘q.
Pavel Durovning Fransiya fuqaroligini olgani, turk lirasi o‘zining tarixiy minimum rekordini qayd etgani, Qirg‘izistonning Rossiya harbiy-dengiz flotiga 5,4 mln dollarlik texnika yetkazib berishi, Bolgariyada avtobus halokati natijasida 46 kishining qurbon bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Bolgariyada avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Yo‘lovchilarning barchasi Istanbuldan sayohatdan qaytayotgan Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokatda faqatgina 7 kishi omon qolgan.
2022 yil mart oyining o‘zida Yevropada koronavirusdan 500 ming kishining vafot etishi mumkinligi, Viskonsindagi parad paytida avtomobil odamlarni bosib ketgani, Niderlandiyadagi tartibsizliklar chog‘ida 100 dan ortiq kishining qo‘lga olingani, Pfizer va BioNTech kompaniyalari bolalar uchun vaksinalar samarasi 100 foiz ekanini qayd etgani, Qozog‘istonda suv ombori to‘g‘onining yorilib ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘anning unga sovg‘a qilingan Turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmi bo‘yicha munosabat bildirib, Kreml bu xaritada «uning markazi Rossiyada, Oltoyda joylashganini anglatuvchi qizil yulduz yo‘qligidan afsusda» ekanini ta’kidladi.
Baydenning vakolatlarini vaqtincha vitse-prezident Kamala Xarrisga topshirishi, Gretsiyada COVID-19ga qarshi vaksina olmaganlarning yopiq joylarga borishi taqiqlanayotgani, Turkiyada davlat to‘ntarishi uyushtirmoqchi bo‘lgan Fetxullah Gyulenning o‘limi to‘g‘risida xabarlar tarqalgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Germaniya «Shimoliy oqim 2» quvurini sertifikatlash jarayonini to‘xtatib qo‘ygach, Yevropada gaz narxlari 17 foizgacha ko‘tarildi. Quvurni tasdiqlash tartibi liniyaning Germaniyadagi qismiga egalik qiluvchi sho‘ba korxona tashkil etilgunga qadar to‘xtatib turiladi. Loyihani ishga tushirish 2022 yilning mart-aprel oylari yoki yilning ikkinchi yarmigacha cho‘zilishi mumkin.
Ukrainada COVID-19 delta shtammining 11 varianti aniqlangani, Polsha 15 dekabrdan Belarus bilan chegarada to‘siq qurishni boshlashi, Qozog‘istonda uy portlashi oqibatida 10 kishining yaralangani va 3 kishining halok bo‘lgani, Avtriya va Vengriyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha antirekord qayd etilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Afg‘onistonda 2021 yilda afyun yetishtirish hajmi 8 foizga o‘sib, 6,8 ming tonnaga yetdi. Bu esa 320 tonna sof geroin dunyo bo‘ylab bozorlarga kirishini anglatadi, deyiladi BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida.
Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarada 12 askarni asirga olingani, AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da bergani, o‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisining AQShda shifokorni o‘ldirib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Liviya hukumati Kaddafiyning o‘g‘li topshirgan prezidentlik saylovlarida qatnashish to‘g‘risidagi arizani rad etgani, Liverpul shahrida terakt sodir etilgani, AQSh Ukrainaga 80 tonna o‘q-dorilar yuborgani, Norvegiyada delta shtammining yangi varianti aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
YUNISEF Afg‘onistonda yosh nikohlar soni ortib borayotganidan xavotirda. «Afg‘onistondagi o‘ta og‘ir iqtisodiy vaziyat ko‘proq oilalarni yanada qashshoqlikka duchor qilmoqda va bolalarni ishga yuborish yoki erta yoshda qizlarni turmushga berish kabi umidsiz tanlovni amalga oshirishga majbur qilmoqda», — deyiladi tashkilot bayonotida.
Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim bo‘yicha COP26 sammitida «Eng yaxshi atrof-muhit fotosuratchisi 2021» tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi. Unda nafaqat iqlim o‘zgarishi muammolari, balki insoniyatning og‘ir sharoitlarda omon qolish masalasi ham ko‘tariladi. Tanlovning eng qiziqarli fotosuratlarini taqdim etamiz.
Britaniyadagi afg‘on diasporasi vakilasi Anjela G‘ayur Instagram`da afg‘on ayollari uchun Hirot onlayn maktabiga asos soldi. Maktab hozirda 400 dan ortiq ko‘ngilli muallimlarni jalb qilish va 1000 ga yaqin o‘quvchini qamrab olishga erishgan.
Hindistonda o‘z uylari ustida Pokiston bayrog‘ini ko‘targan 4 fuqaroning davlatga hiyonatda ayblanib hibsga olingani, AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi davlatlarining migratsiya inqirozida Belarusni ayblagani, Aleksandr Lukashenkoning migrantlar Donbassdan qurol o‘tkazishga uringanini aytgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Chegara hududida qochqinlardan tashkil topgan bir necha o‘nlab odamlar Belarusdan Polshaga chegarani buzib kirdi. Polsha xavfsizlik kuchlari ularni to‘xtatib qolgan.
Yarim yil ichida dunyo bo‘ylab qochqin, ko‘chirilganlar, boshpana izlovchilar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni 84 millionga yetdi. Qochqinlarning aksariyatini Suriya, Venesuela va Afg‘oniston fuqarolari tashkil etmoqda. «Qurolli to‘qnashuvlar, COVID-19 pandemiyasi, qashshoqlik, oziq-ovqat muammolari va iqlimdagi favqulodda vaziyatlar ko‘chirilgan odamlarning og‘ir ahvolini yanada kuchaytirmoqda», — deyiladi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi hisobotida.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting