Armaniston Ozarbayjon bilan chegarada 12 askar asirga olinganini ma’lum qildi

Armaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon bilan chegaradagi janglarda 12 askar asirga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

«Dushman katta tirik kuchini yo‘qotdi, o‘nga yaqin zirhli texnika yo‘q qilindi yoki yaroqsiz holga keltirildi. Armaniston tomonida ham yo‘qotishlar bor. Armaniston qurolli kuchlarining 12 nafar harbiy xizmatchisi — yetti nafar shartnomaviy askar va besh nafar harbiy xizmatchi asirga olingan», — deyiladi xabarda.


10 mingga yaqin avstraliyaliklar vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari uchun kompensatsiya olishni xohlamoqda

Taxminan 10 ming avstraliyalik fuqarolar COVID-19 vaksinasining nojo‘ya ta’sirlaridan aziyat chekkanlar uchun vaqtinchalik nogironlikni qoplash uchun mo‘ljallangan hukumat dasturiga ro‘yxatdan o‘tdi.

Qayd etilishicha, dastur kelasi oydan ish boshlaydi. Hozirda xohlovchilar Avstraliya Ijtimoiy xizmatlar vazirligining maxsus saytida ro‘yxatdan o‘tishni boshlagan. Agar tekshiruv natijasida arizachi haqiqatan ham nojo‘ya ta’sirlardan aziyat chekkanligi, moddiy zarar ko‘rganligi aniqlansa, unga 5 ming Avstraliya dollari (taxminan 3670 dollar) miqdorida tovon to‘lanishi mumkin. Tovon pullarining umumiy miqdori 50 million Avstraliya dollariga (taxminan 37 million dollar) tashkil qilishi kutilmoqda — Kommersant’.


AstraZeneca kompaniyasi hozirgacha 2 mlrd doza vaksinani mamlakatlarga yetkazdi

Britaniya-shved kompaniyasi AstraZeneca Oksford universiteti bilan hamkorlikda COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqdi va bu vaksina tasdiqlanganidan buyon butun dunyo bo‘ylab 2 milliard dozani yetkazib berganini e’lon qildi. Kompaniya bu ko‘rsatgichga erishgan birinchi G‘arb ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Global miqyosda u Xitoyning Sinovac vaksinasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

AstraZeneca vaksinasi hozirda dunyoning 15 mamlakatida ishlab chiqariladi va 170 dan ortiq mamlakatlarda qo‘llaniladi. Vaksina hozirga qadar «50 million COVID-19 kasalligining oldini olishga yordam berdi va 1 milliondan ortiq odamning hayotini saqlab qoldi», deyiladi kompaniya bayonotida.


AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslik va Tayvan mustaqilligiga yordamlashmaslikka va’da berdi

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi. Videokonferensaloqa suhbati 3,5 soat davom etdi. Davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning strategik masalalarini muhokama qildilar. Janob Bayden XXR prezidentiga Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaslik va Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da berdi. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar berdi.

«AQSh hukumati izchil va uzoq muddatda „yagona Xitoy“ siyosatiga amal qiladi. Tayvanning „mustaqilligini“ qo‘llab-quvvatlamaydi va Tayvan bo‘g‘ozi mintaqasida tinchlik va barqarorlikning saqlanishiga umid qiladi», — deya ta’kidlagan Jo Bayden. AQSh prezidenti, shuningdek, AQSh Xitoyga qarama-qarshilik qilish uchun blok yaratmasligini va Xitoy bilan ziddiyatga kirishmoqchi emasligini ta’kidladi.


O‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisi AQShda vaksina olish borasidagi bahsda shifokorni o‘ldirganlikda ayblanmoqda

AQSh politsiyasi shifokorni o‘ldirishda gumonlanayotgan aralash yakkakurashlar bo‘yicha rossiyalik jangchi Akmal Xojiyevni hibsga oldi, deb xabar berdi Interfaks.

Tergov natijalariga ko‘ra, hodisa koronavirusga qarshi emlash zarurati bo‘yicha kelishmovchiliklar tufayli yuzaga kelgan. Ko‘tarilgan bahs oxir-oqibat emlashga qarshi bo‘lgan Xojiyevning tajovuzkor harakatlariga olib keldi. Qayd etilishicha, jangchi va doktor Miran Ribati o‘rtasida do‘stona munosabat bo‘lgan, ular bitta sport zaliga qatnashgan. Qotillik Hojiyevning uyida sodir bo‘lgan. Uning onasi va singlisi voqeaga guvoh bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hojiyev shifokorga orqadan hujum qilib, uni bo‘g‘a boshlagan. Jangchi Ribatini polga yiqitgan va uni hushsiz qoldirgan. Guvohlar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Hojiyevni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Keyin sportchi o‘rnidan turib oshxonadan tushlikdan qolgan suyakni olgan va u bilan shifokorni bir necha marta urgan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar sportchini Ribatining jasadi yonidan topdilar. Jangchi qilgan ishini darhol tan oldi. Xojiyev 1 million dollar garov evaziga ozod etilishi mumkin. 27 yoshli Hojiyev aralash yakkakurash bo‘yicha professional janglarda to‘rtta jang o‘tkazib, uchtasida g‘alaba qozongan.