Pavel Durov Fransiya fuqaroligini oldi

Rossiyalik tadbirkor, «VKontakte» va Telegram asoschisi Pavel Durov yana bir xorijiy fuqarolikka ega bo‘ldi. Durov Fransiya fuqaroligini oldi. Shuningdek, Pavel Durov Karib dengizining sharqiy qismidagi Cyent-Kits va Nevis shtati fuqarosi ham hisoblanadi.

Rossiyalik tadbirkorning ismi 2021 yil 23 avgustdagi fuqarolikka qabul qilish va reintegratsiya to‘g‘risidagi farmonda ko‘rsatilgan. Hujjat Fransiyaning rasmiy jurnalida chop etilgan. Pavel Durov Fransiya fuqaroligini olishi bo‘yicha hozircha izoh bermadi — Kommersant’.

Shuningdek:

  • «Biz amaldorlar va davlat idoralarining kanallarini reklama platformasidan chiqarib tashladik», — dedi Durov reklamalar bo‘yicha xabar izohida.

Turk lirasi o‘zining tarixiy minimum rekordini qayd etdi

Turk lirasi tarixdagi eng past darajasiga tushdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, turk valyutasi dollarga nisbatan qariyb 18 foizga tushib, 1 dollar uchun 13,4 lirani tashkil qildi. Bu haqda Kommersant’ nashri xabar berdi.

Noyabr oyi boshidan buyon lira kursi sezilarli darajada pasaydi. Lira va inflyatsiyani barqarorlashtirish uchun Turkiya Markaziy banki o‘tgan hafta asosiy stavkalaridan birini pasaytirdi. Liraning qulashi fonida Turkiya muxolifati muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish zarurligini e’lon qildi. Yil boshidan buyon lira 25 foizdan ko‘proqqa pasaydi.


Nursulton Nazarboyev «Nur Otan» partiyasi raisligidan ketishini ma’lum qildi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev «Nur Otan» partiyasi raisi vakolatlarini prezident Qosim-Jomart Tokayevga o‘tkazishga qaror qildi. Bu qarorni Nazarboyev siyosiy kengashning bugungi kengaytirilgan yig‘ilishida qabul qildi, deya ta’kidladi uning matbuot kotibi Aydos Ukibay.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning hukmron partiyasiga mamlakat prezidenti rahbarlik qilishi kerak, deb hisoblaydi. Vakolatlarni topshirish tartibi partiya nizomiga muvofiq amalga oshiriladi", — deb yozdi matbuot kotibi Twitter'da.


Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Chon Du Xvan 90 yoshida vafot etdi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Chon Du Xvan 90 yoshida vafot etdi. 1979 yilda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga kelgan va 1988 yilgacha hukmronlik qilgan. Chon Du Xvan surunkali kasallikdan so‘ng Seul g‘arbidagi uyida vafot etdi, deya xabar beradi Yonhap agentligi.

Sobiq armiya generali 1979 yilda o‘sha paytdagi prezident Pak Chung Xining o‘ldirilishi ortidan davlat to‘ntarishi uyushtirganidan so‘ng hokimiyat tepasiga ko‘tarilgan va mamlakatni 1988 yilgacha boshqargan.

1980 yilda Chon Du Xvaye Gvangju fuqarolik qo‘zg‘olonini bostirishni buyurgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘zg‘olonni bostirish paytida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan va 1800 kishi yaralangan. 1996 yilda u davlatga xiyonatda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo keyingi yili afv etilgan.


Qirg‘iziston Rossiya harbiy-dengiz flotiga 5,4 mln dollarlik texnika yetkazib beradi

23 noyabr kuni Bishkekda Rossiya harbiy-dengiz kuchlariga (Dengiz floti) 5,4 million dollarlik texnika yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

«Bugun zavodimiz hududida „Rosoboroneksport“ kompaniyasi bilan Rossiya dengiz floti uchun 459 million som (taxminan 5,4 million dollar)ga 54 dona apparat modullarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi», — deya ta’kidladi ma’muriyat vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uskunalar tez orada Qirg‘izistondan Rossiya zavodlaridan biriga jo‘natiladi.


Bolgariyada sayyohlar avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi

Bolgariyada avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, ulardan 12 nafari bolalar. Yo‘lovchilarning barchasi Istanbuldan sayohatdan qaytayotgan Shimoliy Makedoniya fuqarolari bo‘lgan. Avtohalokatda faqatgina 7 kishi omon qolgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayev Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari bilan Sofiyaga keldi va Shimoliy Makedoniyadan tegishli mutaxassislar guruhi Bolgariyaga yuborilgani haqida ma’lum qildi. Zayevning so‘zlariga ko‘ra, avtobusning deyarli barcha yo‘lovchilari Shimoliy Makedoniya fuqarolari, bir nafari Serbiya va yana biri Belgiya fuqarosi bo‘lgan.