Jahon

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlar olib borgan olimlarga berildi
4 oktabr 2022, 17:52

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti kvant mexanikasi sohasidagi tadqiqotlar olib borgan olimlarga berildi

Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi fizika bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofotini olimlar Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga murakkab fotonlar bilan o‘tkazgan tajribalari uchun topshirdi.

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi
4 oktabr 2022, 15:32

Shimoliy Koreya Yaponiya ustidan ballistik raketa uchirdi

KXDR Yaponiya ustidan raketa uchirdi. Yaponiya hukumatining ta’kidlashicha, taxminan 20 daqiqalik parvoz davomida raketa Tinch okeaniga qulashga qadar 4500 km dan ortiq masofani bosib o‘tgan. Yaponiya Mudofaa vazirligi bu Shimoliy Koreya raketasi uchun rekord masofa ekanligini alohida qayd etdi.

Neandertal genomini shifrlagan shved genetik olimi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi
4 oktabr 2022, 13:58

Neandertal genomini shifrlagan shved genetik olimi Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi

Shvetsiyalik genetik Svante Paabo neandertal genomini ochganligi uchun tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Indoneziyada futbol o‘yinidagi tiqilinchda 174 kishi halok bo‘ldi
2 oktabr 2022, 16:34

Indoneziyada futbol o‘yinidagi tiqilinchda 174 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyadagi «Kanjuraxan» stadionida yuz bergan tiqilinch oqibatida 174 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. O‘zbekiston prezidenti fojia munosabati bilan Indoneziya prezidentiga hamdardlik bildirdi.

Ukraina tezlashtirilgan tartibda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshiradi — Vladimir Zelenskiy
30 sentabr 2022, 20:15

Ukraina tezlashtirilgan tartibda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshiradi — Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish uchun tezlashtirilgan tartibda ariza topshirishini ma’lum qildi. U, shuningdek, Ukraina RF bilan, lekin bu safar boshqa Rossiya prezidenti bilan muloqotga tayyor ekanini aytdi.

Vladimir Putin DXR, LXR, Zaporoje va Xersonni Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi
30 sentabr 2022, 18:31 1

Vladimir Putin DXR, LXR, Zaporoje va Xersonni Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzoladi

Kremlda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Ukrainaning RF nazoratidagi Zaporoje va Xerson viloyatlari hududlari Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Vladimir Putin o‘z nutqida Ukrainani muzokara stoliga qaytishga chaqirdi.

Zaporojeda raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi
30 sentabr 2022, 15:04

Zaporojeda raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Zaporoje viloyatida avtomobillar karvoniga raketa hujumi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Viloyat ma’muriyati 1 oktabrni viloyatda motam kuni deb e’lon qildi.

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi
29 sentabr 2022, 13:56

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev yirik miqdorda — $110 ming pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi, deb xabar berdi mamlakat IIV. Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi mazkur ish yuzasidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Shimoliy oqim» gaz quvurlaridagi portlashlarga diversiya sababchi ekani ma’lum qilindi
29 sentabr 2022, 00:13

«Shimoliy oqim» gaz quvurlaridagi portlashlarga diversiya sababchi ekani ma’lum qilindi

Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib beradigan quvuri — «Shimoliy oqim»ning ikkala tarmog‘ida birdaniga uchta joydan gaz sizib chiqqan. Daniya, Shvetsiya va Polsha hukumatlari bunga oldindan o‘ylangan harakatlar natijasi hisoblangan portlashlar sabab bo‘lgan degan fikrda.

Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar natijalari e’lon qilindi. Munosabatlar
28 sentabr 2022, 17:41

Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar natijalari e’lon qilindi. Munosabatlar

Mahalliy Markaziy saylov komissiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporoje va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlarda aholi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan. Bunga xalqaro hamjamiyat qanday munosabat bildirmoqda?

«Bir kishi uzoq muddat prezident bo‘lmasligi kerak» — Toqayev
28 sentabr 2022, 10:16

«Bir kishi uzoq muddat prezident bo‘lmasligi kerak» — Toqayev

«Agar ko‘p yillar davomida faqat bir kishi eng yuqori lavozimni egallab tursa, bunday vaziyat mamlakatni ham, uning rahbarini ham hurmatli qilmaydi», — dedi Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev. «Biz kelajakka ishonch bilan qarashimiz, halol va iqtidorli siyosatchilarga yo‘l ochishimiz kerak», — dedi u.

Erondagi namoyishlarda 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
27 sentabr 2022, 20:15

Erondagi namoyishlarda 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Eronda 22 yoshli Mahsa Amini o‘limidan so‘ng davom etayotgan tartibsizliklarda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Huquq himoyachilarining fikricha, haqiqiy raqamlar bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Amnesty International kamida to‘rt bolaning o‘limi haqida xabar berdi.

Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumlarning dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi
27 sentabr 2022, 19:55

Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumlarning dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi

Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlaridagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR hamda Zaporoje va Xerson viloyatlarida RF tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar natijalari sarhisob qilina boshlandi.

NASA`ning Yer sayyorasini himoya qilish bo‘yicha kamikadze-zondi Dimorf asteroidiga urildi
27 sentabr 2022, 16:27

NASA`ning Yer sayyorasini himoya qilish bo‘yicha kamikadze-zondi Dimorf asteroidiga urildi

NASA agentligining DART kamikadze-zondi Dimorf asteroidi bilan to‘qnashdi. Bu insoniyatning kosmik jismlarning trayektoriyasini o‘zgartirish va Yer sayyorasini himoya qilish borasidagi ilk urinishidir.

Qisman safarbarlik boshlanganidan beri Qozog‘istonga 98 ming rossiyalik kirib keldi
27 sentabr 2022, 15:42

Qisman safarbarlik boshlanganidan beri Qozog‘istonga 98 ming rossiyalik kirib keldi

21 sentabrdan beri 98 mingga yaqin rossiyalik Qozog‘istonga keldi, 64,2 mingdan ortig‘i esa chiqib ketdi. «Bizga Rossiyadan ko‘plab odamlar kelmoqda. Ularning aksari yuzaga kelgan chorasiz vaziyat tufayli ketishga majbur. Biz ularga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak», — deya ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti.

«Novaya gazeta. Yevropa»: Qisman safarbarlik e’lon qilingandan keyin 260 mingdan ortiq erkak Rossiyani tark etgan bo‘lishi mumkin
27 sentabr 2022, 12:30

«Novaya gazeta. Yevropa»: Qisman safarbarlik e’lon qilingandan keyin 260 mingdan ortiq erkak Rossiyani tark etgan bo‘lishi mumkin

Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilingach, chaqirish yoshidagi erkaklar mamlakatni tark etishni boshladi. Ularning aniq sonini hozircha RF ham, qabul qiluvchi davlatlar ham e’lon qilgani yo‘q. «Novaya gazeta. Yevropa» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 260 mingdan ortiq bo‘lishi mumkin.

Maxachqal’adagi safarbarlikka qarshi namoyishlarda 101 kishi, Yakutskda 24 kishi hibsga olindi
26 sentabr 2022, 23:55

Maxachqal’adagi safarbarlikka qarshi namoyishlarda 101 kishi, Yakutskda 24 kishi hibsga olindi

Dog‘istonda safarbarlikka qarshi boshlangan va asosan ayollar ishtirok etayotgan namoyishlarda 101 kishi hibsga olindi. Yoqutistonda ham osuoxay xalq marosimi ko‘rinishida norozilik aksiyasi o‘tkazildi, unda 24 nafar ayol hibsga olindi.

Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishmada 13 kishi halok bo‘ldi
26 sentabr 2022, 16:31

Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishmada 13 kishi halok bo‘ldi

Noma’lum shaxs Rossiyaning Ijevsk shahridagi maktabda otishma uyishtirdi. Unda 13 kishi, jumladan 7 bola halok bo‘ldi, 21 kishi esa yaralandi. Gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qildi. Udmurtiyada to‘rt kunlik motam e’lon qilindi.

Qozog‘iston Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar haqida: «Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga tayanamiz»
26 sentabr 2022, 14:04

Qozog‘iston Rossiya egallab olgan hududlarda o‘tkazilgan referendumlar haqida: «Davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyillariga tayanamiz»

Qozog‘iston TIV Donbass, Zaporoje va Xersondagi Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi referendumlarga izoh berdi: «Qozog‘iston davlatlarning hududiy yaxlitligi, ularning suveren tengligi va tinch-totuv yashash tamoyillariga tayanadi».

Eronda talaba qiz o‘limidan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda insonlar halok bo‘ldi
22 sentabr 2022, 18:13

Eronda talaba qiz o‘limidan so‘ng yuz bergan tartibsizliklarda insonlar halok bo‘ldi

Eronda hijob tufayli politsiya tomonidan hibsga olingan qizning o‘limi sabab tartibsizliklar bo‘ldi. Unda kamida 8 kishi, jumladan, 2 huquq-tartibot xodimi halok bo‘ldi. Ayrim hududlarda ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanish cheklangan. Ayollar norozilik sifatida hijoblarini yoqib, sochlarini kesmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting