Shvetsiyalik genetik Svante Paabo tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi BBC.

«Mukofot unga yo‘q bo‘lib ketgan gomininlar genomlari va inson evolyutsiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqoti uchun berildi», — deya e’lon qildi Nobel qo‘mitasi.

Nobel qo‘mitasi vakili Nils-Yoran Larsson Paabo ishining ahamiyatini quyidagicha izohladi: «Uning mukofot olish uchun hal qiluvchi bo‘lgan hissasi shundaki, u qadimiy DNKni tahlil qilish va qayta tiklash usullarini ishlab chiqdi. Qadimgi suyaklardagi DNK juda buzilgan va kimyoviy shikastlanishga duchor bo‘lgan va buning ustiga, DNK bakteriyalar va namunalar bilan ishlagan odamlar bilan aloqa qilish natijasida juda ifloslangan. Paabo mavjud texnologiyalardan foydalangan, chunki ular qadimgi DNKni tahlil qilish uchun o‘z usullarini ishlab chiqdi va joriy qildi».

Svante Paabo zamonaviy odamlarning yo‘q bo‘lib ketgan qarindoshi neandertal genomini ketma-ketlikda tuzdi. Olim, shuningdek, taxminan 70 ming yil avval Afrikadan ko‘chib o‘tgandan so‘ng, hozirda yo‘q bo‘lib ketgan gomininlardan Homo Sapiens’ga gen o‘tishi sodir bo‘lganligini aniqladi.

Amaliy ma’noda, bu tadqiqot muhim ahamiyatga ega, chunki bu genlar zamonaviy odamlarga ta’sir qilishda davom etmoqda, masalan, immunitet tizimi infeksiyalarga qanday javob beradi.

Faoliyatining boshidanoq Paabo genetik tadqiqotning zamonaviy usullarini neandertal DNKsini o‘rganishda qo‘llash mumkinmi yoki yo‘qligi bilan qiziqdi.

U jiddiy muammoga duch keldi: vaqt o‘tishi bilan DNK kimyoviy jihatdan o‘zgartiriladi va qisqa bo‘laklarga bo‘linadi. Bu qadimgi odamlarning DNKsini o‘rganish usullari ustida ishlashni davom ettirgan Paaboni to‘xtatmadi. Paabo hamkasblari bilan birgalikda DNKni qoldiqlardan to‘liq olib tashlash uchun maxsus texnikani ishlab chiqdi.

2008 yilda janubiy Sibirdagi Denisov g‘orida barmoq suyagining 40 ming yillik bo‘lagi topilgan. Paabo jamoasi suyakda ajoyib darajada yaxshi saqlangan DNK borligini aniqladi va ishga kirishdi.

2010 yilda mutaxassislar Denisov odamining (Homo denisovensis) DNK ketma-ketligini aniqlashdi. Paaboning kashfiyotlari evolyutsiya tarixini tushunishni yaxshiladi, deya qayd etadi BBC. Homo Sapiens Afrikadan ko‘chib ketgan paytda Yevroosiyoda kamida ikkita yo‘q bo‘lib ketgan gominin populyatsiyasi yashaganligi ma’lum. Neandertallar Yevrosiyoning g‘arbiy qismida, Homo denisovensis’lar esa materikning sharqiy qismida yashagan.

Fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari

1901 yildan beri fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha jami 112 ta Nobel mukofoti berildi, ulardan 224 nafari laureatga aylangan. Mukofot to‘qqiz marta berilmagan: 1915−1918, 1921, 1925, 1940−1942 yillarda.

Nobel jamg‘armasi nizomida shunday deyilgan: «Agar ko‘rib chiqilayotgan asarlarning hech biri o‘z qiymatini isbotlamasa, mukofot puli keyingi yilga qadar saqlanib qoladi».

Fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari orasida 12 nafar ayol bor. Ulardan faqat Barbara Makklintok uni 1983 yilda hammualliflarsiz yolg‘iz o‘zi olgan.

Bugungi kunga kelib, fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotining eng yosh laureati Frederik Banting bo‘lib, u mukofotni 1923 yilda 32 yoshida olgan.

Eng keksa laureat — Peyton Rouz bo‘lib, u 1966 yilda mukofotni olgan paytida 87 yoshda edi.