Rossiyaning Ijevsk shahrida 88-sonli maktabda dushanba kuni noma’lum shaxs otishma uyishtirdi, oqibatda 13 kishi, jumladan, 7 nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 21 kishi jabrlangan, ulardan 14 nafari bolalar hisoblanadi.

Hali shaxsi aniqlanmagan erkak maktabga kirib, qo‘riqchini ham o‘ldirdi. Otishmadan keyin u o‘z joniga qasd qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalov mamlakatda 29 sentabrgacha motam e’lon qildi.