Sanoq komissiyalari o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida, shuningdek, Ukrainaning Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Zaporoje va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlarning dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Ma’lumotlar RIA Novosti tomonidan taqdim etilgan:

  • Zaporoje viloyatida Rossiyaga qo‘shilish uchun — 98,19% (18% ovoz qayta ishlagandan keyin);
  • DXRda — 98,27% (20,64% ovoz);
  • LXRda — 97,83% (21,11% ovoz);
  • Xerson viloyatida — 97,63% (27% ovoz).

Eslatib o‘tamiz, 20 sentabr kuni Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi viloyatlari mahalliy hokimiyat organlari bir vaqtning o‘zida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan edi. Ovoz berish 23−27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin allaqachon Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish bo‘yicha referendum natijalarini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanini aytdi.