Jahon

Fransiya prezidenti koronavirus bilan kasallandi
17 dekabr 2020, 15:02

Fransiya prezidenti koronavirus bilan kasallandi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus bilan kasallandi. U 7 kunga izolyatsiya qilinadi va masofadan turib faoliyatini davom ettiradi.

Dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan ortiq — BMT
17 dekabr 2020, 13:46

Dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan ortiq — BMT

BMT tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha qochqinlar soni 80 milliondan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning eng ko‘pi Suriya va Venesueladan.

Xitoyning «Chan’e-5» apparati Oydan Yerga muvaffaqiyatli tarzda qaytdi
17 dekabr 2020, 11:41

Xitoyning «Chan’e-5» apparati Oydan Yerga muvaffaqiyatli tarzda qaytdi

Xitoyning Oydan tuproq olib kelish uchun 24 noyabrda kosmosga uchirilgan «Chan’e-5» yig‘uvchi apparati 17 dekabr kuni o‘z missiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda Yerga qaytdi.

Bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshdi
16 dekabr 2020, 23:42

Bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshdi

16 dekabr kuni bitkoin narxi ilk bor 20 ming dollardan oshib, BTC’ning bozor qiymati 373,9 mlrd dollarga yetdi. Bunday o‘sishga milliarderlar va yirik kompaniyalarning kripto valyutaga sarmoya kiritgani sabab bo‘ldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 dekabr 2020, 19:43

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaponiya bosh vazirining sakkiz kishi ishtirok etgan kechki bazmda qatnashgani uchun uzr so‘ragani, Parij meriyasining ayol rahbarlar soni ko‘pligi uchun jarimaga tortilgani, Yevropa komissiyasining «VKontakte» va Telegram’ni «qaroqchilar ro‘yxati»ga kiritgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Daniya karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda
16 dekabr 2020, 15:32

Daniya karantin cheklovlarini kuchaytirmoqda

Daniya koronavirus infeksiyasining tarqalayotgani sababli karantin choralarini kuchaytirmoqda. Katta sinf o‘quvchilari va talabalar masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Ovqatlanish markazlari va madaniyat muassalari yopiladi.

Janubiy Koreyada barcha avtobuslarga bepul Wi-Fi o‘rnatildi
16 dekabr 2020, 12:55

Janubiy Koreyada barcha avtobuslarga bepul Wi-Fi o‘rnatildi

Janubiy Koreya barcha avtobuslari bepul Wi-Fi bilan jihozlangan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi. Mamlakat shaharlari bo‘ylab jami 35 mingta avtobus harakatlanib, shulardan 29,1 mingtasini Wi-Fi bilan ta’minlashni markaziy hukumat o‘z bo‘yniga olgan, 5906 ta avtobusni esa ushbu texnologiya bilan mahalliy hokimiyatlar jihozlashgan.

Rossiyada COVID-19 ga qarshi emlash boshlandi
16 dekabr 2020, 11:53

Rossiyada COVID-19 ga qarshi emlash boshlandi

Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Yaqin 3 oy davomida preparatni regionlarga yetkazish rejalashtirilgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
15 dekabr 2020, 22:08

Jahon yangiliklari dayjesti

Google xodimlarining 2021 yil sentyabr oyigacha uydan turib ishlashi, AQSHning Turkiya mudofaa sanoati idorasiga qarshi sanksiyalar joriy qilgani, yaponiyaliklarning 2021 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga qarshi chiqishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Londonda COVID-19 sabab yuqori darajadagi karantin e’lon qilinadi
15 dekabr 2020, 14:36

Londonda COVID-19 sabab yuqori darajadagi karantin e’lon qilinadi

London, Esseks va Xartfordshirning ayrim qismlari koronavirusning «yangi varianti» aniqlanganligi sababli, 16 dekabrdan boshlab karantinning maksimal darajasiga (uchinchi darajali) o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, shaharda yopiq yig‘ilishlar ham taqiqlanadi.

Aleksey Navalniyning zaharlanishida 8 kishi ishtirok etgani aytilmoqda
15 dekabr 2020, 13:17

Aleksey Navalniyning zaharlanishida 8 kishi ishtirok etgani aytilmoqda

CNN, The Insider va Bellincat nashrlari tomonidan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, Aleksey Navalniyga uyushtirilgan suiqasdda Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) qo‘li bor ekanligi aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, bunda 8 kishining qo‘li bor.

Turkiya Yangi yil bayramlarida 24 soatlik komendantlik soatini e’lon qildi
15 dekabr 2020, 12:20

Turkiya Yangi yil bayramlarida 24 soatlik komendantlik soatini e’lon qildi

Turkiyada 31 dekabrdan 4 yanvarga qadar 24 soatlik komendantlik soati joriy qilindi. O‘tgan kunlar davomida mamlakatda 29 617 koronavirus infeksiyasi aniqlandi va bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Saylovchilar kollegiyasi Jo Baydenning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tasdiqladi
15 dekabr 2020, 11:01

Saylovchilar kollegiyasi Jo Baydenning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tasdiqladi

Jo Bayden 306 ta saylovchining ovozini qo‘lga kiritdi va bu AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tasdiqladi. Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlardan so‘ng mag‘lubiyatini tan olmadi.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
15 dekabr 2020, 10:56

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligi bilan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Armanistonga 44 nafar, Ozarbayjonga 12 nafar asirlar yetkazildi.

Rossiya qurilish vazirligi hukumatdan migrantlarning mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi
14 dekabr 2020, 19:00

Rossiya qurilish vazirligi hukumatdan migrantlarning mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi

Rossiya qurilish vazirligi va kommunal xizmatlar boshqarmasi migrantlarning qurilish ishlariga kelishlari uchun mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi. Qurilish vazirligi 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatning 77 viloyatidan 50 tasidagi qurilish maydonlarida muhojirlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini aytgan.

Davlat Dumasi deputati Qozog‘iston hududini «Rossiya sovg‘asi» deb atadi
14 dekabr 2020, 10:19

Davlat Dumasi deputati Qozog‘iston hududini «Rossiya sovg‘asi» deb atadi

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati Vyacheslav Nikonov teleko‘rsatuv paytida «Qozog‘iston hududi Rossiyaning katta sovg‘asi» deb aytdi. Qozog‘iston TIV Rossiyaga nota yuborib, Qozog‘istonga nisbatan oshib boryotgan provokatsion hujumlari ittifoqchilik munosabatlariga jiddiy zarar yetkazayotganini ta’kidladi.

Eronda oppozitsion jurnalist Ruxolla Zam qatl etildi
13 dekabr 2020, 12:09

Eronda oppozitsion jurnalist Ruxolla Zam qatl etildi

2017−2018 yillarda Eronda bo‘lib o‘tgan namoyishlarni faol yoritgan Amad News yangiliklar portali rahbari, oppozitsion jurnalist Ruxolla Zam qatl etildi.

AQSHda koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi
12 dekabr 2020, 10:03

AQSHda koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini qo‘llashga ruxsat berildi

AQSH Oziq-ovqat va dori-darmon ma’muriyati koronavirusga qarshi Pfizer-BionTech vaksinasini favqulodda qo‘llashga ruxsat berdi. Yil yakuniga qadar 20 million aholi emlanishi kutilmoqda. Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va qariyalar uylarida yashovchilar va ishlovchilar emlanadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
11 dekabr 2020, 19:33

Jahon yangiliklari dayjesti

Ozarbayjonda harbiy holatning bekor qilinishi, AQSH siyosiy boshpana berish qoidalarini keskin kuchaytirishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Time jurnali «2020 yil odami»ni e’lon qildi
11 dekabr 2020, 12:23

Time jurnali «2020 yil odami»ni e’lon qildi

Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting