Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi.

Time bunga «Amerika hikoyasini o‘zgartirgani, hamdardlik g‘azabdan ustun ekanini ko‘rsatgani, qayg‘uli dunyoda sog‘ayish hissini baham ko‘rayotgani uchun» deya ta’rif berdi.

Eslatib o‘tamiz, Time 2019 yilda ushbu nominatsiyaga shvetsiyalik maktab o‘quvchisi Greta Tunbergni loyiq ko‘rgan edi.

Ma’lumot uchun, Time 1927 yildan beri yilning eng nufuzli shaxsini tanlab kelmoqda.