Rossiyaning barcha hududlarida koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari boshlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko so‘zlariga asoslanib, RIA Novosti xabar berdi.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi yaqin uch oy davomida preparatni regionlarga yetkazib berish uchun reja tuzgan», — dedi Bosh vazir Mixail Mishustin.

Uning ta’kidlashicha, vaksina ishlab chiqaruvchilar har hafta Sog‘liqni saqlash vazirligiga preparatni yetkazib berish to‘g‘risida ma’lumot yuboradi va vazirlik ehtiyojga qarab ikki kun ichida vaksinani hududlarga tarqatadi.

Dekabr oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlash haqida xabar bergan edi. Bunda birinchi navbatda xavf guruhiga kiruvchilar qamrab olinishi aytilgan.