Saylovchilar kollegiyasi ko‘pchilik ovozi bilan demokrat Jo Baydenni AQSH prezidentlik saylovlarida g‘olib deb tasdiqladi.

Barcha shtatlardagi saylovchilar kollegiyasi ovoz berish jarayonlari yakunlanib, taxmin qilinganidek Bayden 306 ta, Tramp esa 232 ta ovozga ega bo‘ldi.

Donald Tramp saylovlardan keyin haligacha mag‘lubiyatini tan olmadi va natijalar bo‘yicha bir qator shtatlarda sudlarga e’tiroz qilmoqda, biroq hali hali hech qaysi sud uni qo‘llab-quvvatlamadi.

77 yoshli Jo Baydenning prezidentlik inauguratsiyasi 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi. U AQSHning 46 prezidenti bo‘ladi.