Shanba kuni oppozitsion jurnalist, Amad News Telegram kanali va yangiliklar portali rahbari Ruxolla Zam dorga tortildi, deya xabar berdi Mehr News. U 2017 yil dekabr va 2018 yil yanvar oylarida Eronda bo‘lib o‘tgan namoyishlarni faol yoritgan edi.

Joriy yilning iyun oyida Eron sudi Ruxolla Zamni «Yerdagi korrupsiya»da aybdor deb topib, o‘limga hukm qilgan edi. Ushbu ayblov Eronda asosan ayg‘oqchilik bilan shug‘ullangan yoki hukumatni ag‘darishga harakat qilgan shaxslarga nisbatan ishlatiladi.

Zam bir necha yil Fransiyada istiqomat qilgan, 2019 yil oktyabr oyida esa Eron maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan.