Oldinroq 69 ta ma’muriy hududlarida koronavirus tufayli cheklovlar joriy etgan Daniya hukumati chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:00dan boshlab butun mamlakat bo‘ylab karantin choralarini uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Cheklovlarga ko‘ra, 5 sinf o‘quvchilari va talabalar masofaviy ta’limga o‘tkaziladi, madaniyat muassalari va ovkatlanish markazlari yopiladi.

«Vaziyat jiddiylashdi. Daniyada koronavirus tarqalmoqda. Yuqtirilganlar soni juda ko‘p, kasalxonalar bemorlar bilan to‘lib ketgan. Shuning uchun biz butun mamlakat bo‘ylab qisman karantinni uzaytirmoqdamiz. Bu Janubiy Yutlandiyaga ham tegishli», — deya Transport vaziri Benni Engelbrexti ma’lum qildi.

Ish beruchilar xodimlarini maksimal darajada masofaviy ishga yuborishi so‘ralmoqda.

Bundan avval koronavirus infeksiyasi tarqalishi ko‘paygani sababli, Londonda karantin choralari kuchaytirilgan edi.