Rossiya qurilish vazirligi va kommunal xizmatlar boshqarmasi migrantlarning qurilish ishlariga kelishlari uchun mamlakatga kirish shartlarini soddalashtirishni so‘radi va bir qator takliflar berdi, deya xabar qildi TASS. Ichki ishlar vazirligi, mehnat vazirligi va Rospetrobnadzor bilan kelishilgan ushbu takliflar Rossiya hukumatiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Mamlakat Qurilish vazirligi 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatning 77 viloyatidan 50 tasidagi qurilish maydonlarida muhojirlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini aytgan. «Rabota v Rossii» saytining xabar berishicha, qurilish sohasida ishchi kuchiga bo‘lgan talab 190 mingdan ortiq odamni tashkil qiladi. Hozirda qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Ukraina va Tojikistondan kelgan muhojirlar yetishmayapti, deyiladi xabarda.

Vazirlik qurilish maydonlarida ishchi kuchi yetishmasligining asosiy sababi sifatida chet ellik ishchilarning Rossiyaga kirishiga taqiq qo‘yilganini keltiradi. Shuningdek, bahorda to‘xtatilgan qurilish maydonlarida mehnat muhojirlarining ishlab chiqarish sohasiga o‘tishi ta’sir ko‘rsatgan.