Xitoyning Oydan tuproq olib kelish uchun kosmosga uchirilgan «Chan’e-5» yig‘uvchi apparati 17 dekabr kuni o‘z missiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda Yerga qaytdi, deya xabar berdi «Sinxua» axborot agentligi.

Apparat so‘nggi 44 yil ichida ilk bor Yerga Oydan tuproq olib keldi.

«Ushbu modulning Yerga qaytishi uch bosqichdan: Oyga uchish, Oyga qo‘nish va Oy tuproqlarining namunalarini Yerga yetkazib berishdan iborat bo‘lgan Oyni o‘rganish dasturi rejasining muvaffaqiyatli yakunlanganini anglatadi. Dastur 2004 yilda boshlangan edi», — deyiladi xabarda.

Missiya dastlab 2017 yilga rejalashtirilgan edi, keyin u 2019 yil oxiriga, keyin esa 2020 yil noyabriga qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Chan’e-5» yig‘uvchi apparati 24 noyabrda kosmosga uchirilgandi.