CNN, The Insider va Bellincat nashrlari tomonidan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bunda Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) qo‘li bor, deya ta’kidlanmoqda.

Surishtiruv mualliflarining aytishicha, suiqasdda 8 kishi qatnashgan va ularning shaxsi telefon qo‘ng‘iroqlari billing tizimi orqali aniqlangan. Unga ko‘ra, ushbu guruhni 70-yillarda Saratov institutida faoliyat olib borib, «Novichok» moddasining yaratilishida qatnashgan Stanislav Makshakov boshqargani aytilmoqda. Shuningdek, CNN qolgan ishtirokchilarning shaxslarini ham e’lon qildi: Oleg Tayakin, Aleksey Aleksandrov, Ivan Osipov, Konstantin Kudryavsev, Aleksey Krivoekov, Mixail Shvets, Vladimir Panyayev.

Ma’lum qilinishicha, ushbu shaxslar Aleksey Navalniyni 2017 yildan beri, ya’ni u prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishini e’lon qilganidan beri kuzatib kelishgan.

Biroq, ushbu shaxslarning o‘sha kuni Omsk shahrida bo‘lganligi borasida hech qanday ma’lumotlar yo‘q.

Surishtiruvning ko‘rsatishicha, iyul oyida Aleksey Navalniyni zaharlashga urinish bo‘lgan. Keyin u va uning rafiqasi Yuliya biroz muddat Kaliningradda bo‘lishgan. Aleksey Aleksandrov, Mixail Shvets va Vladimir Panyayev u yerga uchib ketishgan. Keyinroq Yuliya Navalnaya o‘zini yomon his qilgani aniqlangan: «Men hayotimda hech qachon o‘zimni bunchalik yomon his qilmaganman», dedi u. Shu bilan birga, uning rafiqasida hech kanday og‘riqlar sezilmagan. Aleksey Navalniy ham zaharlanish paytida shunga o‘xshash narsalarni boshdan kechirganini ta’kidladi. Aytilishicha, zaharlashda gumonlanayotganlar shu payt davomida Stanislav Makshakov bilan va u esa Kriminalistika institutini boshqaruvchi generallar Kirill Vasilev va Vladimir Bogdanov bilan faol ravishda xabar almashishgan.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy o‘tgach Aleksey Aleksandrov, Ivan Osipov va Vladimir Panyayev Aleksey Navalniyning orqasidan Novosibirskga, keyin Tomskka borishgan. Ular 16 avgust va 19 avgust kunlari, jurnalistlar taxmin qilganidek, Aleksey Navalniy zaharlangan paytlarda faol ravishda bir-birlari bilan aloqada bo‘lishgan.

Mualliflar ushbu ma’lumotlar zaharning tanaga qanday tushganligi haqidagi savolga aniq javob bermasligini tan olishadi, ammo oldinroq The Insider muxolifatchi o‘z kiyimlarini kimyoviy tozalashga topshirganida, «Novichok» uning ichki kiyimiga nisbatan qo‘llanilganligi haqidagi tahminni ilgari surgan: mehmonxonaga kiyimlarni kimyoviy tozalashdan aynan Aleksey Navalniy yuvinishga ketgan payt olib kelishgan.

Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchadigan samolyotdaligida aholi og‘irlashgan. U komaga tushgan va layner shoshilinch ravishda Omskga qo‘ngan. Keyinchalik muxolifatchi Berlin shahridagi Charite klinikasiga ko‘chirildi. Hozirda Aleksey Navalniy Germaniyada reabilitatsiya muolajalaridan o‘tmoqda, shundan so‘ng u Rossiyaga qaytmoqchi.