Ozarbayjonda harbiy holat bekor qilindi

Ozarbayjonda harbiy holat 12 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:00 dan bekor qilinadi. Tegishli farmonni mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev imzoladi. Mamlakatda harbiy holat 28 sentyabrdan boshlab Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar boshlanishi munosabati bilan e’lon qilingan edi. — Interfaks.

Avstraliyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi to‘xtatildi

Avstraliyada Kvinslend universiteti hamda CSL tomonidan o‘ylab topilgan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarilishi to‘xtatildi. 216 kishi ishtirok etgan sinovlarning birinchi bosqichida, jiddiy yon ta’sirining yo‘qligiga qaramay, sub’ektlarga emlashdan so‘ng ishlab chiqarilgan antitanachalar OIV tashxisiga xalaqit berishi va ba’zi OIV testlarining noto‘g‘ri ijobiy natijalariga olib kelishi aniqlandi. Natijalarni hisobga olgan holda CSL Avstraliya hukumati bilan vaksinaning 2 va 3-sinovlarini to‘xtatishga qaror qildi. — CSL.

AQSH siyosiy boshpana berish qoidalarini keskin kuchaytirmoqda

AQSH ma’muriyati boshqa mamlakat fuqarolariga siyosiy boshpana berish qoidalarini keskin kuchaytirmoqda. 419 betdan iborat bo‘lgan ushbu hujjat payshanba kuni AQSH Adliya va ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan e’lon qilindi. O‘zgarishlar boshpana berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartiblarini yangilash va tartibga solishga qaratilgan. Ta’kidlanishicha, yangi tartib AQSH ma’muriyatiga “asossiz murojaatlarni munosib ko‘rib chiqishga loyiq bo‘lganlardan samaraliroq ajratish” imkonini beradi. — TASS.

Time jurnali “2020 yil odami"ni e’lon qildi

Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi. — Gazeta.uz