Turkiyada 31 dekabr soat 21:00 dan 4 yanvar 05:00 gacha 24 soatlik komendantlik soati e’lon qilindi.

Turkiya prezidenti Rejep Tоyyip Erdog‘anning ta’kidlashicha, ushbu qaror hukumat yig‘ilishida qabul qilingan.

Avvalroq davlat rahbari mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payganligi sababli yangi cheklovlar haqida e’lon qilgandi. Hammomlar, saunalar, suzish havzalari, sport zallarning faoliyati to‘xtatildi. Savdo markazlariga kirish ma’lum miqdordagi mijozlar va faqatgina raqamli kod bilan ruxsat berildi.

Restoran va kafelar faqat yetkazib berish xizmati orqali ishlamoqda.

Turkiyada o‘tgan kunlar davomida 29 617 koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 229 kishi vafot etdi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.